Sport

Oʻzbekiston harbiy bokschilari Jahon chempionatida ishtirok etmoqda

© PhotoxpressBoks, bokserskiye perchatki
Boks, bokserskiye perchatki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2021
Oʻzbekistonlik bokschilar harbiylar orasida Jahon chempionatini muvoffaqiyatli boshlashdi.
TOSHKENT, 20 sen - Sputnik. Oʻzbekiston harbiy bokschilari Moskvada boʻlib oʻtayotgan Jahon chempionatini muvaffaqiyatli boshlab olishdi. Birinchi kunda 3 nafar bokschi raqibdan ustun keldi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi.
Kecha, musobaqaning ilk kunida ayollar oʻrtasida Aziza Yoqubova - 51 kg vazn toifasida nepallik Minu Gurungni magʻlubiyatga uchratdi, - 60 kg vaznda Tokio Olimpiadasi ishtirokchisi Rayhona Qodirova moʻgʻulistonlik Badmarag Ganzorigdan ustun keldi. Erkaklar oʻrtasida - 64 kgda ishtirok etayotgan Mujibillo Tursunov eronlik Husayn Jiddiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi, deyilgan xabarda.
Xabarda aytilishiga koʻra, bugun, qoʻyidagi bokschilar ringga chiqadi:
57 kg: Sitora Turdibekova / Dariya Abramova (Rossiya) (A ring, 14:15);
60 kg: Rayhona Qodirova / Felistart Nkandiu (Zimbabve) (A ring, 15:00);
60 kg: Shunqor Abdurasulov / Klasinton Klandera (Keniya) (A ring, 17:00);
64 kg: Mujibillo Tursunov / Stefan Lokxart (Irlandiya) (B ring, 17:15);
49 kg: Abdumajid Mannopov / Xose Gonsales (Venesuela) (A ring, 19:15);
75 kg: Nurislom Ismoilov / Moreno Fendero (Frantsiya) (A ring, 20:00)
52 kg: Foziljon Abdumurodov / Dmitriy Dvali (Rossiya) (B ring, 20:00).
* Janglar boshlanishi - Toshkent vaqti bilan koʻrsatilgan.
Avvalroq Oʻzbekiston bokschilari harbiylar oʻrtasidagi jahon chempionatiga joʻnab ketishganini haqida xabar bergandik.
Maʼlumot uchun, MDH davlatlari Qurolli kuchlari vakillari orasida boks eng ommaviy sport turlaridan biri hisoblanadi. Sovet Ittifoqi davrida Markaziy Armiya sport klubi bokschilari (TSSKA) eng kuchli hisoblangan. Boks boʻyicha harbiylar orasida jahon chempionati Olimpiya qoidalariga asosan oʻtkaziladi, yaʼni 3 daqiqiqadan 3 raund.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader