O‘zbekiston va Kurchatov instituti olimlari birgalikda qanday tadqiqotlarni amalga oshiradi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishProizvodstvo vina
Proizvodstvo vina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2021
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat olimlari uzumning yuqori mahsuldor urug‘siz (danaksiz) navlarini yaratish yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqda.
TOShKENT, 20 sen – Sputnik. Shu yilning iyul oyida O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi va Rossiyaning Kurchatov instituti Milliy tadqiqot markazi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda ilmiy-tadqiqot va ta’lim infratuzilmasini shakllantirish masalalari muhokama etildi. Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Sputnik nashriga bergan intervyusida erishilgan kelishuvlarning amalda qanday samara berishi kutilayotgani haqida to‘xtaldi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, hamkorlik doirasida Fanlar akademiyasining Genomika va bioinformatika markazi, Mikrobiologiya instituti, Ilg‘or texnologiyalar markazi olimlari hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi mutaxassislari tomonidan Kurchatov instituti bilan birgalikda joriy yil yakuniga qadar uzumning 10 ta mahalliy qadimiy navlari hamda vinochilikda va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan mikroorganizmlarning bir necha noyob shtammlari tanlab olinadi.
“Keyin o‘zbek olimlari ishtirokida “Kurchatov” institutidagi katta hajmli DNK sekvenatorlarda to‘liq genomlari o‘qiladi (sekvens qilinadi). Aniqlangan genom axborotlari asosida uzum seleksiyasi uchun yangi avlod texnologiyalarini ishlab chiqish hamda uzumning yuqori mahsuldor urug‘siz (danaksiz) navlarini yaratish yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshiriladi”, - dedi Abdurahmonov.
Shuningdek, mazkur loyiha doirasida istiqbolli Rossiya navlarini O‘zbekistonga in-vitro sharoitlarda olib kelib, ko‘paytirishni yo‘lga qo‘yish hamda in-vitro ko‘paytirish texnologiyalarini o‘zlashtirish va joriy qilish tashkil etiladi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutining mikroorganizmlarning sanoat shtammlari genomlari Kurchatov institutidagi mavjud shtammlar bilan qiyosiy o‘rganilib, Mikrobiologiya institutidagi kolleksiyada mavjud bo‘lmagan yangi shtammlar bilan boyitiladi hamda vinochilikda o‘zbek brendi sifatini oshirish uchun sanoatga joriy qilinadi.
 Skolkovo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2021
“Skolkovo”, startap: O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi innovatsion hamkorlik istiqbollari
Bundan tashqari, Kurchatov instituti va O‘zbekiston olimlari ishtirokida ishchi guruh shakllantirilib, sanoat biotexnologiyasi va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini genetik texnologiyalar asosida ishlab chiqarish va qayta ishlash, yadroviy texnologiyalarga asoslangan tibbiyot va biotibbiyot, yadroviy-energetika va bioenergetika texnologiyalarini rivojlantirish, sun’iy intellekt va robototexnika kabi yangi yo‘nalishlarda ilmiy hamkorlik imkoniyatlari chuqur tahlil qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0