Jamiyat

Oʻzbekistonda kontsertlar, ommaviy tadbir va yigʻilishlarni oʻtkazish ruxsat berildi

© Ministerstvo kulturыFestival molodeji v Fergane
Festival molodeji v Fergane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2021
Madaniy-koʻngilochar va ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obʼyektlariga faqatgina koronavirusga qarshi emlanganlik toʻgʻrisidagi QR-kodli sertifikati mavjud boʻlgan tashrif buyuruvchilarni kiritilishi tavsiya etildi.
TOSHKENT, 20 sen – Sputnik. Oʻzbekistonda 2021 yil 20 sentyabrdan boshlab tomosha, madaniy-koʻngilochar (teatr, kinoteatr, kontsert zallari), ommaviy tadbirlar va yigʻilishlarni ochiq maydonlar hamda yopiq majmualarda oʻtkazishga ruxsat berildi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilindi.
Madaniy-koʻngilochar, ommaviy tadbirlar va yigʻilishlarni oʻtkazishda quyidagi karantin cheklovlariga rioya etish talab qilinadi:
madaniy-koʻngilochar obʼyektlar (teatr, kinoteatr, kontsert zallari) ishchi va xodimlari hamda ommaviy tadbirlar tashkilotchilari va xizmat koʻrsatuvchilari boʻlgan shaxslar (salomatligi boʻyicha qarshi koʻrsatma boʻlgan xodimlari bundan mustasno) koronavirusga qarshi vaktsinaning (turidan qatʼi nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlangani toʻgʻrisidagi QR-kodli sertifikati mavjud boʻlishi lozim;
madaniy-koʻngilochar (teatr, kinoteatr, kontsert zallari faoliyati) va ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda tashrif buyuruvchilar:
tibbiy niqobda boʻlish;
antiseptik vositalardan foydalanish;
kirish joylarida tana haroratini oʻlchash kabi muhim sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etishlari shart.
Shu bilan birga madaniy-koʻngilochar (teatr, kinoteatr, kontsert zallari faoliyati) va ommaviy tadbirlarni oʻtkazish obʼyektlariga faqatgina koronavirusga qarshi vaktsina bilan emlangani toʻgʻrisidagi QR-kodli sertifikati mavjud boʻlgan tashrif buyuruvchilarni kiritilishi (salomatligi boʻyicha qarshi koʻrsatmalar) boʻlgan fuqarolar bundan mustasno) tavsiya etildi.
Prazdnichnыy namaz na Idi Kurbon v Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2021
Jamiyat
Juma namozlarini ado etish tartibiga qoʻyilgan cheklovlar olib tashlanadi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala