Rossiya

Perm universitetida otishma: qurbonlar bor

© Sputnik / Aleksey Romanov / Fotobankka oʻtishStrelba v universitete v Permi
Strelba v universitete v Permi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2021
Hozir hujum qilgan shaxs qoʻlga olingan, u yaralangani aytilmoqda. Uning shaxsi aniqlangan
TOSHKENT, 20 sen – Sputnik. Rossiyaning Perm davlat universitetida otishma roʻy berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Xabarda yozilishicha, qurollangan yosh yigit travmatik quroldan oʻt ochgan. Rossiya Tergov qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, sakkiz kishi halok boʻlgan, yana bir necha kishi yarador boʻlgan.
Talaba va oʻqituvchilarning bir qismi auditoriyalarda berkinib olishgan. Ayrimlar esa – ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarga koʻra – derazalardan sakrab, omon qolishga urinishgan.
Hozir hujum qilgan shaxs qoʻlga olingan, u yaralangani aytilmoqda. Uning shaxsi aniqlangan va bu universiteti talabasidir.
“Tergov tomonidan u haqidagi maʼlumotlar toʻplanmoqda, voqeaning barcha tafsilotlari aniqlanmoqda”, - dedi Rossiya Tergov qoʻmitasining rasmiy vakili Svetlana Petrenko.
Rossiya JKning qotillik moddasi bilan jinoiy ish ochilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hukumat qurbonlar oilalariga va jabrlanganlarga yordam berishga vaʼda berdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader