Prezidentlikka nomzodlarga saylovoldi tashviqotlarni boshlashga ruxsat berildi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishVibori prezidenta Uzbekistana
Vibori prezidenta Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Saylov kodeksiga muvofiq, nomzodlarni ruyxatga olish tugagan kunning ertasidan saylovoldi tashviqotlarni boshlashga rasman ruxsat beriladi.
TOShKENT, 20 sen - Sputnik. O‘zbekistonda bugun 20-sentabrdan boshlab prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotlarini boshlashga ruxsat berildi.
Bugundan boshlab, nomzodlar haqida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda roliklar namoyish etish, materiallar e’lon qilish, ko‘chalarga bannerlar osish, flayer va bukletlar tarqatish, saylovoldi uchrashuvlari, turli aksiya va fleshmoblar o‘tkazish hamda debatlar tashkil qilish kabi tashviqot tadbirlariga ruxsat beriladi.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy saylov komissiyasi XDPdan Maqsuda Vorisovani, “Adolat” SDPdan Bahrom Abduhalimovni, O‘zLiDePdan Shavkat Mirziyoyevni, "Milliy tiklanish" partiyasidan Alisher Qodirovni hamda Ekologik partiyadan Oblomuradov Narzullani O‘zbekiston prezidentligiga ro‘yxatga olgan.
P.S. So‘nggi damga olingan ma’lumotga ko‘ra, "Milliy tiklanish" partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lgan Alisher Qodirov bugun 20-sentabr soat 17:00 da Samarqand shahridagi "Registon" maydonida uning ishtirokida ilk miting o‘tkazishni rejalashtirgan.
Yangiliklar lentasi
0