Siyosat

Rossiya Markaziy Osiyo mamlakatlari oldiga geosiyosiy tanlov qoʻymaydi – Rudenko

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZamglavы MID RF Andrey Rudenko
Zamglavы MID RF Andrey Rudenko - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2021
Rossiya TIV rahbari oʻrinbosari Rossiyaning hech qanday maxfiy kun tartibi yoʻqligini bildirdi.
TOSHKENT, 20 sen – Sputnik. Rossiyaning Markaziy Osiyo mamlakatlari oldiga geosiyosiy tanlov qoʻyish rejasi yoʻq. Bu haqda Rossiya TIV rahbari oʻrinbosari Andrey Rudenko “Valday” klubining “Rossiya va Oʻzbekiston hamkorligining yangi tarixiy bosqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari” konferentsiyasida maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Bizning Markaziy Osiyodagi siyosatimiz - maksimal darajada ochiq. Bizning hech qanday maxfiy kun tartibimiz yoʻq. Mintaqadagi barcha mamlakatlar bilan ishonch asosida teng huquqli hamkorlik oʻrnatishga intilyapmiz. Buni uddasidan chiqyapmiz deb oʻylayman.
Zamestitel ministra inostrannыx del RF Andrey Rudenko, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Andrey Rudenko
Rossiya TIV rahbari oʻrinbosari
Rudenko Rossiyaning boshqa mamlakatlardan farqli oʻlaroq, mintaqa mamlakatlarini “kim bilansiz: ”Rossiya bilan yoki Rossiyaga qarshi?”, degan geosiyosiy tanlov qarshisida qoldirish gʻoyalari yoki rejalari yoʻqligini taʼkidladi.
Shuningdek, diplomat Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik uchun qulay sharoitlarni yaratish muhimligini urgʻuladi.
Rossiya TIV rahbari oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, Rossiya uchun ustuvor vaziyafalardan biri – bu mintaqa mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan rivojlanishi.
Gosudarstvennыy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2021
Siyosat
Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifiga salmoqli hujjatlar toʻplami tayyorlangan – Rossiya TIV
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala