“Surxon” vakillari va sobiq futbolchilari o‘rtasidagi mushtlashuv yuzasidan tergov boshlandi

© Unsplash / Md Mahdi Futbolniy mach
Futbolniy mach - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2021
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxon” klubi futbolchisi Javohir Esonqulov 3 kishi tomonidan do‘pposlangani haqida aytib bergan videolavha tarqalgan edi.
TOShKENT, 20 sen – Sputnik. Toshkent shahar IIBB “Surxon” klubi vakillari va jamoaning sobiq futbolchilari o‘rtasidagi mushtlashuv yuzasidan tergov boshlanganini ma’lum qildi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Surxon” klubi futbolchisi Javohir Esonqulov 3 kishi tomonidan do‘pposlangani haqida aytib bergan videolavha tarqalgan edi.
IIBB xabarida ta’kidlanishicha, 17-sentabr kuni “Surxon” futbol klubi binosida sobiq futbolchilar J.E. va A.X. hamda jamoa sardori A.G. o‘rtasida futbolchilar bino devoriga rahbariyat nomiga haqoratli yozuvlar qoldirgani tufayli kelishmovchilik yuzaga kelgan. Shu kunning o‘zida Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMBga sportchilardan badan shikastlari yetkazilgani to‘g‘risida ariza kelib tushgan.
“Mazkur fakt bo‘yicha tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi”, - deyilgan xabarda.
Idora tekshiruv yakuni ko‘ra qonuniy chora ko‘rilishini qo‘shimcha qilgan.
Draka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2021
Mo‘ynoqda futbol o‘yini vaqtida katta janjal yuzaga keldi
Yangiliklar lentasi
0