Toshkentda Rossiya va O‘zbekiston ekspertlari forumi bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishGoroda Mira. Tashkent
Goroda Mira. Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya va O‘zbekiston ekspertlari Toshkentda Markaziy Osiyo hududida rivojlanish masalalarini muhokama qilishadi.
TOShKENT, 20 sen - Sputnik. Bugun Toshkentda “Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining yangi tarixiy bochqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari” konferensiyasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Markaziy Osiyo va yevroosiyo hududida rivojlanish va islohotlar, Rossiya va O‘zbekistonning ushbu mavzuga yondashuvi - forumning asosiy mavzusi bo‘ladi, deyilgan xabarda.

Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ushbu anjuman 2019-yilda Samarqandda “Markaziy Osiyo va Yevroosiyo: global tartibsizlik muammolari oldida ko‘p tomonlama hamkorlik” mavzusida tashkil etilgan X Osiyo konferensiyasi va “Rossiya – O‘zbekiston”: yangi dunyo tartiboti sharoitida ikki tomonlama o‘zaro munosabatlarning istiqbollari” maxsus sessiyasi doirasida boshlangan o‘zbek-rossiya ekspertlar muloqotining mantiqiy davomi bo‘ladi.
Mazkur forum O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) hamda “Valday” xalqaro munozara klubi tomonidan tashkil etilmoqda.
Anjuman tafsilotlari va ishtirokchilarning fikr-mulohazalarini saytimizda kuzatib boring.
Yangiliklar lentasi
0