Jamiyat

Toʻylarga 100 kishini taklif qilishga ruxsat berildi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishBuket v rukax nevestы na svadbe
Buket v rukax nevestы na svadbe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2021
Tegishli mutasaddi tashkilotlarning takliflarini inobatga olgan holda toʻy va oilaviy marosimlarni oʻtkazish boʻyicha ilgari belgilangan cheklovlar yumshatildi.
TOSHKENT, 20 sen – Sputnik. Oʻzbekistonda 20 sentyabrda toʻy va marosimlarni 100 kishidan koʻp boʻlmagan holda oʻtkazish belgilandi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilindi.
“Xususan, tegishli mutasaddi tashkilotlarning takliflarini inobatga olgan holda, toʻy va oilaviy marosimlarni oʻtkazish boʻyicha ilgari belgilangan cheklovlar yumshatilib, 2021 yilning 20 sentyabridan toʻyxonalarda oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish 100 kishidan koʻp boʻlmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatiy rioya etgan holda oʻtkazilishiga ruxsat berildi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 1 avgustdan toʻy va marosimlarni 50 kishidan koʻp boʻlmagan holda oʻtkazish belgilangan edi.
Festival molodeji v Fergane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda kontsertlar, ommaviy tadbir va yigʻilishlarni oʻtkazish ruxsat berildi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader