Jamiyat

"Valday" klubi va SMIT ekspertlari Toshkentda nimalarni muhokama qilishi maʼlum boʻldi

© Sputnik / Evgeny Biyatov / Fotobankka oʻtishBlijnevostochnaya konferentsiya kluba "Valday"
Blijnevostochnaya konferentsiya kluba Valday - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2021
Markaziy Osiyoda islohotlar, mintaqaviy xavfsizlik va integratsiya - ushbu va boshqa mavzular Oʻzbekiston va rossiyalik ekspertlar muhokamasida.
TOSHKENT, 20 sen – Sputnik. Rossiyaning “Valday” klubi hamda Oʻzbekiston Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti ekspertlari bugun Toshketda boʻlib oʻtadigan Foruma qanday mavzularni muhokama qilishi maʼlum boʻldi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
“Rossiya va Oʻzbekiston hamkorligining yangi tarixiy bochqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari” mavzusida boʻlib oʻtadigan konferentsiya uch sessiyadan iborat boʻladi.
Birinchi sessiya “Markaziy Osiyoda islohotlar va taraqqiyot: Oʻzbekiston va Rossiya yondashuvlari. Ikki tomonlama hamkorlikning gumanitar jihatlari” mavzusiga bagʻishlangan boʻlsa,
Ikkinchi sessiya “Mintaqaviy xavfsizlik: ichki va tashqi taʼsirlar”;
Uchinchi sessiya esa “Markaziy Yevroosiyoda xalqaro savdo va integratsiya” mavzularida boʻlib oʻtadi.
Xabarda aytilishiga koʻra, anjumanning dastlabki sessiyasi ochiq, qolgan ikkita sesssiyasi yopiq formatda oʻtishi kutilmoqda.
Anjumanda ishtirok etish uchun ikki tomonlama munosabatlar boʻyicha yetakchi xalqaro mutaxassislar, “Valday” munozaralar klubining siyosatshunoslik, iqtisodiyot, xavfsizlik sohasidagi nufuzli ekspertlari, shuningdek, Rossiya va Oʻzbekiston yirik OAVlari jurnalistlari yigʻilgan.
Forum davomida anjuman ishtirokchilari Oʻzbekistondagi islohotlar bilan tanishadilar, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikka doir tahdidlarni baholaydilar va ushbu sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlik yoʻnalishlarini belgilaydilar.
Undan tashqari Oʻzbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish uchun istiqbolli oʻsish nuqtalari va harakatlantiruvchi omillar boʻyicha ekspert qarashlarni ishlab chiqadilar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala