Hodisalar

Xorazmdagi YTHda jurnalist Said Maxsumov halok boʻldi

© Press-slujba GUBDD MVD UzbekistanaV Xorezmskoy oblasti pri DTP s uchastiyem jurnalista Saida Maxsumova pogibli chetыre cheloveka
V Xorezmskoy oblasti pri DTP s uchastiyem jurnalista Saida Maxsumova pogibli chetыre cheloveka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2021
Xorazmda “Tacuma” va “Isuzu” toʻqnashishi oqibatida toʻrt kishi halok boʻldi. Ulardan biri “Xalq soʻzi” nashrining muxbiri.
TOSHKENT, 20 sen – Sputnik. Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumanida roʻy bergan yoʻl-transport hodisasida toʻrt kishi qurbon boʻldi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 19 sentyabr kuni soat 23:35 larda mhtumandagi Sarimoy qishlogʻi hududidan oʻtgan A-380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yoʻlining 493-kilometrida sodir boʻlgan. 25 yoshli “Tacuma” haydovchisi A.M. va 51 yoshli “Isuzu” haydovchisi B.M. oʻzaro toʻqnashib ketgan.
Xabarda yozilishicha, “Tacuma” haydovchisi A.M. hodisa joyida vafot etgan, avtomobil yoʻlovchilari S.M. shifoxonaga olib ketilayotganda, R.J. va A.Q.lar esa shifoxonada vafot etishgan.
Mazkur YTH yuzasidan Oʻzbekiston JKning 266-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mahalliy OAV xabarlariga koʻra, ushbu avtohalokatda “Xalq soʻzi” nashrining muxbiri Said Maxsumov ham halok boʻlgan. U Nukusda boʻlib oʻtgan II Xalqaro baxshi festival-tanlovi ning yoritilishida qatnashgan.
Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi jurnalist Said Maxsumovning oila aʼzolari va yaqinlariga taʼziya izhor etib hamdardlik bildirgan.
Maxsumov Toshkent viloyatining Parkent tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.
35 yoshli jurnalist faoliyatini “Maʼrifat” gazetasida boshlab, shu kungacha "Xalq soʻzi" gazetasida faoliyat yuritib kelyotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala