Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Afgʻonistonda shariat qonuni oʻrnatilishi MO mamlakatlari uchun xavfli - ekspert

© AFP / Bulent KilicVo vremya vizita direktora Talibana po fizicheskomu vospitaniyu i sportu Bashira Axmada Rustamzaya v sportzal v Kabule
Vo vremya vizita direktora Talibana po fizicheskomu vospitaniyu i sportu Bashira Axmada Rustamzaya v sportzal v Kabule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Ekspertning qayd etishicha, Afgʻonistondagi vaziyat jangovar tus olishi yoki tinch rivojlanishidan qatʼi nazar, Markaziy Osiyo uchun xatarlar saqlanib qoladi.
TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. Afgʻonistonda shariat qonuni oʻrnatilishi Markaziy Osiyo ning barcha mamlakatlariga xavf soladi, dedi siyosatshunos, siyosiy fanlar doktori Azamat Temirqulov. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar bermoqda.
"Afgʻoniston hududida boʻlib turgan va turli terrorchi tashkilotlar qatnashchilari sanalgan Markaziy Osiyo fuqarolari tashvishga soladi. Ularning ayrimlari Iroq va Suriyada jangovar tayyorgarlikdan oʻtgan. Ular Afgʻonistondan ham koʻra, Markaziy Osiyoda jangovar harakatlar olib borishdan manfaatdor", — deb aytgan Temirqulov.
Ekspertning qayd etishicha, Afgʻonistondagi vaziyat jangovar tus olishi yoki tinch rivojlanishidan qatʼi nazar, Markaziy Osiyo uchun xatarlar saqlanib qoladi.
Bыvshaya krupnaya baza SSHA v Xoste pod kontrolem talibov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Dunyoda
Yana ayollarsiz: Afgʻoniston muvaqqat hukumatida vazir oʻrinbosarlari tayinlandi
"Agar hammasi tinch kechgan taqdirda va toliblar islom amirligini oʻrnatishga muvaffaq boʻlishgan taqdirda ham, Markaziy Osiyo uchun xatarlar yuqori darajada saqlanib qoladi. Bizning mintaqamizda islom tamoyillari, shariat qonunlari asosida hayot kechiruvchi mamlakatning mavjudligi, boz ustiga bu davlatga Qatar, Saudiya Arabistoni va boshqa arab davlatlari yordam beradigan boʻlsa, bu ertami-kechmi bizning mamlakatlarimizga ham oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Chunki MO kelajagini shariat qonunlari boʻyicha hayot kechiriladigan allaqanday amirlik sifatida tasavvur qiladigan fuqarolar son jihatdan koʻpchilikni tashkil etadi. Jamiyatning bu qismi ijtimoiy va siyosiy tomondan faollashib, Afgʻonistonni oʻrnak sifatida koʻrsata boshlashlari mumkin", - deya taʼkidladi siyosatshunos.
Avgust oyi boshida toliblar Afgʻoniston hukumat kuchlariga hujumlarni faollashtirdilar. 15 avgust kuni ular Qobulga kirib borib, urush yakunlanganini eʼlon qildi. Avgust oyining oxirgi ikki haftasida amerika harbiylari qoʻrigʻida boʻlgan Qobul aeroportidan Gʻarb mamlakatlari va ular bilan hamkorlik qilgan afgʻonlarning ommaviy evakuatsiyasi amalga oshirildi. 31 avgustga oʻtar kechasi amerikalik harbiylar Qobul aeroportini tark etishdi, bu bilan AQShning Afgʻonistondagi 20 yillik faoliyatiga chek qoʻyildi. Hukumat tepasiga kelgan toliblar Afgʻonistonda islom amirligini eʼlon qilishga tayyorliklari haqida bayonot berdilar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala