Jamiyat

Har bir viloyatdagi bittadan tuman innovatsion hududga aylantiriladi – Ibrohim Abdurahmonov

© Pexels / ThisisengineeringTexnologiya
Texnologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Innovatsion rivojlanish vazirining soʻzlariga koʻra, bugungi kunda respublikada “Aqlli shahar” dasturini bajarish muhim vazifalardan biri sanaladi.
TOSHKENT, 21 sen – Sputnik. Har bir viloyatdagi bittadan tumanni innovatsion hududga aylantirish boʻyicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Sputnik muxbiriga bergan intervyusida maʼlum qildi.
Ibrohim Abdurahmonovning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda respublikada xorijiy davlatlarning muvaffaqiyatli amaliyotiga asoslangan “Aqlli shahar” dasturini bajarish, milliy infrastrukturani rivojlantirish, xalqaro investitsiya loyihalarini amalga oshirish, samarali yondashuvlar va mexanizmlar integratsiyalashuvi vazirlik oldida turgan muhim vazifalardan. Pirovardida bu “Aqlli shahar” loyihasini amalga oshirish sohasida katta tajribaga ega boʻlgan xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan holda shaharning muhandislik, uy-joy, ijtimoiy va innovatsion infratuzilmasini rivojlantirishga olib keladi.
“Vazirligimiz binosi poytaxtning Olmazor tumanida joylashgani bois, “Aqlli shahar” elementlarini shu tumandan boshlashimiz tabiiy. Innovatsion mahsulotlar va xizmatlar, jumladan, yangi qurilmalar, materiallar va texnologiyalarni Olmazor tumanida joriy etish, oʻzaro manfaatdor yoʻnalishlarda hamkorlikdagi ilmiy-tadqiqotlar uchun zamin yaratish hamda tumanning zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini takomillashtirish ishlari boshlab yuborilgan”, - deydi Abdurahmonov.
Yaqin kunlarda shu tumandagi Talabalar shaharchasida texnopark ochilishi kutilmoqda. Zamonaviy shart-sharoitlarga ega innovatsion texnopark faoliyatining samarali tashkil etilishi Toshkent davlat texnika universiteti, Oʻzbekiston Milliy universiteti hamda Turin politexnika universitetidagi jami 36 ming talaba, 2 mingdan ziyod professor-oʻqituvchilar uchun hamda soha rivojida muhim rol tutadi.
Mazkur innovatsion texnopark xorijiy ilgʻor davlatlar tajribalarini oʻrganish asosida ishlab chiqilgan boʻlib, bu talaba yoshlarga katta imkoniyatlar beradi. Ushbu innovatsion infratuzilmada 500 ta startap korxonalar hamda 120 ta ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish mumkin.
Prospekt imeni Mirzo-Ulugbeka v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.11.2019
Jamiyat
Qozoq kompaniyasi Toshkentdagi “Aqlli shahar” loyihasini amalga oshirishda yordam beradi
Innovatsion rivojlanish vazirligi Koreya hukumatidan Toshkent shahrida barpo etiladigan Aqlli shaharning bosh rejasi va texnik iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish uchun grant mablagʻlarini qoʻlga kiritgan. 2021 yilning aprel oyida vazirlik Koreya Respublikasining Yer, infratuzilma va transport vazirligi tomonidan tashkil etilgan aqlli shaharsozlik grant dasturida ishtirok etib, Toshkent shahrida Xalqaro innovatsion qurilish kompleksi va zamonaviy yoʻldosh shahar – Smart sitini barpo etish loyihasining bosh rejasi va texnik iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishda texnik yordam koʻrsatishni nazarda tutuvchi loyihani taqdim etgan. Iyun oyida esa loyiha grant dasturi doirasida tanlab olindi va tasdiqlandi.
Loyihaning bosh rejasi va texnik iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish uchun Koreya tomoni mustaqil konsalting kompaniyasini jalb etishi koʻzda tutilgan.
Vid na telebashnyu v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2019
Artikxodjayev Toshkent missiyasi haqida: poytaxt aqllilar shahriga aylanishi kerak
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala