Kikboksing bo‘yicha jahon chempionati g‘oliblari Toshkentda tantanali kutib olindi

© AOKAVstrecha uzbekskix kikbokserov v aeroportu Tashkenta
Vstrecha uzbekskix kikbokserov v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2021
Obuna bo‘lish
Jahon chempionatida O‘zbekiston kikbokschilari jami 21 ta medal — 5 ta oltin, 6 ta kumush, 10 ta bronzani qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 19-o‘rinni egallashdi.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Vengriyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida munosib ishtirok etib, 21-ta medal qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik kikboksingchilar 21-sentabr kuni erta tongda Toshkent aeroportida tantanali kutib olindi, AOKA xabariga asosan.
“Sportchilarimiz erishgan natija bilan faxrlanamiz. O‘ylaymanki, g‘alabalar davomli bo‘ladi va tez orada O‘zbekiston kikboksing bo‘yicha dunyodagi yetakchi mamlakatlar qatoriga qo‘shiladi. Kelgusi xalqaro musobaqalarda barcha sportchilarga omad va muvaffaqiyat tilayman”, — dedi O‘zbekiston Kikboksing Federatsiyasi prezidenti A.Xodjayev.
Ma’lumot uchun, Budapesht shahrida 16-19 sentabr kunlari Butunjahon Kikboksing assotsiatsiyasi (WAKO) tomonidan tashkil etilgan 26-Jahon kubogida O‘zbekiston kikbokschilari jami 21 ta medal — 5 ta oltin, 6 ta kumush, 10 ta bronzani qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 19-o‘rinni egallashdi.
© AOKAVstrecha uzbekskix kikbokserov v aeroportu Tashkenta
Vstrecha uzbekskix kikbokserov v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2021
Vstrecha uzbekskix kikbokserov v aeroportu Tashkenta
Yangiliklar lentasi
0