Siyosat

Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonga joʻnab ketdi: prezident saylovchilar bilan uchrashadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev na trape samolyota
Shavkat Mirziyoyev na trape samolyota - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Shuningdek, safar davomida Mirziyoyevning turli maskanlarga tashrifi ham rejalashtirilgan.
TOSHKENT, 21 sen - Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning saylovchilar bilan uchrashuvi Qoraqalpogʻistondan boshlanadi. Bu haqda prezident matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Maʼlumki, shu yil 24 oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻlib oʻtadi. Oʻzbekistonda kecha, 20 sentyabrdan boshlab prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotlarini boshlashga ruxsat berilgani haqida xabar bergan edik.
Liderы politicheskiy partiy Uzbekistana na zasedanii TSIK, posvyaщennom startu prezidentskoy izbiratelnoy kampanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.07.2021
Siyosat
Oʻzbekistonni yangi prezidenti nimaga tayyor: partiyalar yetakchilari saylovoldi rejalari haqida
"Shavkat Mirziyoyevning saylovchilar bilan uchrashuvi Qoraqalpogʻistondan boshlanadi. Shu maqsadda Prezidentimiz 21 sentyabr kuni Nukusga joʻnab ketdi", - deyiladi prezident matbuot-xizmati xabarida.
Shuningdek, safar davomida turli maskanlarga tashrif ham rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Markaziy saylov komissiyasi XDPdan Maqsuda Vorisovani, “Adolat” SDPdan Bahrom Abduhalimovni, OʻzLiDePdan Shavkat Mirziyoyevni, "Milliy tiklanish" partiyasidan Alisher Qodirovni hamda Ekologik partiyadan Oblomuradov Narzullani Oʻzbekiston prezidentligiga roʻyxatga olgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala