Dunyoda

Nyu-Yorkda Braziliya prezidenti kovidga qarshi emlanmagani sabab koʻchada tushlik qildi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishPrezident Brazilii Jair Bolsonaru
Prezident Brazilii Jair Bolsonaru - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Braziliya rahbari Jair Bolsonaru AQShga BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasi ishida qatnashish uchun kelgan.
TOSHKENT, 20 sen – Sputnik. Braziliya prezidenti Jair Bolsonaruni COVID-19 ga qarshi emlanmagani sabab Nyu-Yorkdagi restoranga kiritishmadi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar bermoqda.
Braziliya rahbari AQShga BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasi ishida qatnashish uchun kelgan. Tashkilot binosiga kirish uchun koronavirusga qarshi emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlish shart emas, ammo Nyu-Yorkda emlanmaganlar ommaviy ovqatlanish joylariga kiritilmaydi.
Avvalroq Nyu-York meri Bill de Blazio shaharga kelayotgan dunyo yetakchilarini tashrif oldidan emlanishga chaqirgan edi. BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh ham bu bayonot bilan chiqqan edi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 76-sessiyasi 14 sentyabr kuni ochildi. Sessiyaning asosiy tadbiri yuqori darajadagi hafta 21 sentyabrdan 27 sentyabrga qadar boʻlib oʻtadi. Unda qariyb 110 nafar davlat rahbarlari soʻzlaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader