O‘zaro hamkorlik, tanlash imkoniyati, mehnat migrantlari: “Valday” ekspertlari muhokamalari

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovKonferensiya Valdayskogo kluba "Rossiya i Uzbekistan pered vizovami razvitiya i bezopasnosti na novom istoricheskom etape vzaimodeystviya" v Tashkente
Konferensiya Valdayskogo kluba Rossiya i Uzbekistan pered vizovami razvitiya i bezopasnosti na novom istoricheskom etape vzaimodeystviya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2021
Obuna bo‘lish
Toshkentdagi konferensiya ishtirokchilari o‘zaro munosabatlarning rivojlanish istiqbollarini tahlil qildilar.
TOShKENT, 20 sen – Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining yangi tarixiy bochqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari” konferensiyasi ishtirokchilari o‘zaro munosabatlarning rivojlanish istiqbollarini tahlil qildilar, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Xalqaro anjuman qatnashchilarining fikriga ko‘ra, O‘zbekistonning qo‘shni Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston mamlakatlari bilan sifat jihatidan yangicha munosabatlari tufayli o‘zaro ishonchga asoslangan mintaqaviy hamkorlik mustahkamlanib bormoqda. Misol sifatida nihoyatda nozik masala – transchegaraviy suv zaxiralaridan unumli foydalanish yuzasidan muloqotning yo‘lga qo‘yilgani, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan chegaralarni demarkatsiya va delimitatsiya qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgani, tutash hududlarda qo‘shma ishlab chiqarish korxonalarining tashkil etilayotgani, pandemiya sharoitida qo‘shni davlatlarning bir-biriga ko‘mak berayotganini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Blijnevostochnaya konferensiya kluba Valday - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2021
"Valday" klubi va SMIT ekspertlari Toshkentda nimalarni muhokama qilishi ma’lum bo‘ldi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori Ulug‘bek Hasanov keltirgan ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlar bilan tovar aylanmasi 3 milliard dollardan oshgan (o‘sish 20%), mintaqa mamlakatlarining Rossiya bilan savdo ko‘rsatkichlari esa so‘nggi 4-yilda 5 milliard dollarga ko‘payib, 2020-yilda 28 milliardni tashkil etgan.
Mana shu davr mobaynida Rossiyadan Markaziy Osiyoga eksport hajmi 17 milliarddan 21 milliardga yetgan (o‘sish 20%). Mintaqada Rossiya kapitali ishtirokidagi 17 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda. Birgina O‘zbekistonning o‘zida so‘nggi besh yilda ularning soni 7 baravarga oshdi (312 tadan 2 260 taga). Rossiyaning Markaziy Osiyoga mamlakatlariga yo‘naltirgan umumiy sarmoyasi 20 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda Bu raqamlar Rossiya biznesi va kapitalining mintaqa bozoriga qiziqishi ortib borayotganidan dalolat beradi.
Anjumanda rossiyalik taniqli sharqshunos Irina Zvagelskayaning fikrlari eslab o‘tildi: “Markaziy Osiyo mamlakatlari yo raqobat, yo hamkorlik, degan dilemma qarshisida turganlari yo‘q, ular shuningdek, yo Rossiyani yoki Xitoyni tanlashga ham majbur emaslar, ya’ni ikkisi bilan ham birdek “oldi-berdi” qilish mumkin. Shu bilan birga, mintaqa o‘zining azaliy hamkorlari bilan aloqalarni kengaytirishdan ham manfaatdor. Bu birinchi navbatda, Janubiy Osiyodagi yangi bozorlarga chiqish imkonini beradigan transport-logistika tizimini yo‘lga qo‘yish zaruratida aks etadi. Afg‘oniston, agar ichki vaziyat asta-sekin barqarorlashib borsa, yangi imkoniyatlar maydoni sifatida e’tirof etilishi mumkin”.
Flagi uchastnikov zasedaniya Soveta ministrov inostrannix del gosudarstv - chlenov ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2021
Afg‘onistonda vaziyatni barqarorlashtirishda ShHTning roli oshadi – Eldor Aripov
Ayni paytda Afg‘oniston orqali o‘tadigan yo‘l qurilishiga qiziqish bildirayotgan Rossiya temir yo‘llari tizimi bu jarayonda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, Rossiya temir yo‘llari rahbariyati “Qirg‘iziston-O‘zbekiston-Xitoy” loyihasida ishtirok etishni ham rejalashtirayapti. Bunday loyihalar Yevropa ittifoqi va Xitoy kabi iqtisodiy gigantlar bilan o‘zaro aloqalarni kengaytirish imkonini beradi.
Ulug‘bek Hasanovning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari kun tartibida ilm-fan, energetika, savdo-sotiq, sanoat, investitsiya va texnologiyalar, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik tobora dolzarblik kasb etib bormoqda.
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar haqida gapirar ekanmiz, ilm-fan yo‘nalishidagi hamkorlik masalasiga alohida to‘xtalib o‘tish lozim. Albatta, fundamental tadqiqotlar uchun ilmiy maktablar, uzoq muddatga mo‘ljallangan dasturlar talab etiladi. Andron kollayder faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha bir necha davlatlar hamkorligini bunga misol qilib keltirish mumkin. Amaliy tadqiqotlar haqida gapiradigan bo‘lsak, rossiyalik va o‘zbekistonlik olimlar ishtirokida bir necha yo‘nalishlarda, jumladan geologiya-qidiruv, rangli metallar, atom energiyasidan foydalanish kabi yo‘nalishlarda qator istiqbolli loyihalar amalga oshirilayapti. Va ular o‘z samarasini berayapti. Ta’bir joiz bo‘lsa, shunday degan bo‘lardim: amaliy tadqiqotlar – bugungi voqelik, fundamental tadqiqotlar esa – orzu. Va bu orzuga erishamiz deyishga asosimiz bor.
Stanislav Tkachenko
Sankt-Peterburg davlat universiteti “Rossiya Federatsiyasi va chet el davlatlari diplomatiyasi” magistrlik dasturi rahbari
“Vzglyad.ru” gazetasi maxsus muxbiri Yuriy Vasilyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarida o‘ziga xos alohida o‘rin tutadigan mavzulardan biri bu – mehnat migrantlari masalasidir.
“Valday” munozaralari chog‘ida O‘zbekistondan Rossiyaga borib ishlayotgan ishchilarning malakasi va saviyasi haqida savol ko‘tarildi. Va bugungi kunda aksar xodimlarning mehnat malakasi yuqori emasligi ham aytib o‘tildi. Albatta, yetarli tajribaga ega bo‘lgan vrachlar, injenerlar va xokazo mutaxassislar kelib ishlagani yaxshi, lekin masalaning ikkinchi tomoni shundaki, ko‘p hollarda bunday mutaxassislar oyoqqa turib olgandan keyin vataniga qaytib bormaydi. O‘z klinikasini ochadi yo o‘z biznesini yo‘lga qo‘yadi. Vaholanki, yaxshi mutaxassislar O‘zbekistonning o‘zi uchun ham suv va havodek zarur”, - deydi u.
Mutaxassislar mazkur “nozik va murakkab” mavzu yuzasidan fikr bildirar ekan, mehnat migratsiyasi masalasi u yoki bu darajada dunyodagi barcha davlatlarga taalluqli ekanini va O‘zbekiston bilan Rossiya bu boradagi mavjud muammolardan ko‘z yumish emas, ularni yechish yo‘lidan borayotganini qayd etdilar.
Posadka na vivoznoy poyezd iz Rostova-na-Donu v Uzbekistan  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2021
O‘zbekistonlik migrantlar uchun Rossiyaga kirib borish soddalashtirildi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Nazokat Qosimovaning ta’kidlashicha, tan olib aytadigan bo‘lsak, yaqin yillarda yetarli malakaga ega bo‘lmagan ishchilar ko‘pchilikni tashkil etishi ehtimolga yaqin. Lekin Rossiyaga yo‘l olayotgan mutaxassislar orasida malakali xodimlar soni ortib borayotganini ham ko‘rishi mumkin.
“Tendensiya bor. Bu masalaning yechimi ta’lim sifati bilan chambarchas bog‘liq. “Valday” anjumanida Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari ta’kidlaganidek, O‘zbekistonda Rossiyaning 12 ta OTMlari filiali faoliyat yuritmoqda va yana 3 ta oliy o‘quv yurtini tashkil etish yuzasidan tayyorgarlik ko‘rilayapti. Bu nimani bildiradi? Yaxshi mutaxassis bo‘lish uchun yaxshi ta’lim olish kerak. Shundagina o‘zga davlatga borib ishlaganda, munosib ish o‘rni, munosib maosh va karyeraga da’vo qilish mumkin. Demak, malakali mutaxassis tayyorlash masalasida ham Rossiya bilan hamkormiz”, - deydi Nazokat Qosimova.
Ishtirokchilarning fikriga ko‘ra, yaxshi mutaxassis xorijga borib ishlasa, vataniga qaytmaydi, degan xavf bilan qandaydir to‘siqlar qo‘yib bo‘lmaydi. Aksincha, shunday sharoitlar yaratish kerakki, o‘sha malakali mutaxassis yurtiga qaytsa, hech narsa yo‘qotmasligiga, yanada rivojlanishiga ishonch hosil qilsin. Bu iqtisodiy taraqqiyotni, barqarorlikni, yaxshi qo‘shnichilik va ishonchli hamkorlik aloqalarini taqozo etadi va aynan shu mavzular “Valday” klubi ekspertlarining diqqat markazida bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0