Iqtisod

Oʻzbekiston Global innovatsion indeks reytingida 7 pogʻona koʻtarildi

Flag Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Bundan avval Oʻzbekiston reytingda 2020 yil 93-oʻrin va 2015 yilda 122 oʻrinlarni egallagan edi
TOSHKENT, 21 sen - Sputnik. AQShning Kornel universiteti, Frantsiyaning Insead biznes maktabi va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti Global innovatsion indeks reytingini eʼlon qildi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati xabariga koʻra, Oʻzbekiston Global innovatsion indeks reytingida 132 davlat orasida 86-oʻrinni egalladi.
Reytingga koʻra, Oʻzbekistonning dunyo miqiyosida kuchli indikatorlari quyidagilar: “Ilm-fan va muhandislik sohasida bitiruvchilar soni” - 7-oʻrin, “Biznesni yoʻlga qoʻyishning soddaligi” - 8-oʻrin, “Mehnat unumdorligi” - 8-oʻrin, “Kapitalni yalpi tarzda toʻplash” - 7-oʻrin, “Taʼlim uchun davlat xarajatlari” - 28-oʻrin.
Global innovatsion indeks reytingida Shveytsariya — 1-oʻrin, Xitoy — 12-oʻrin Rossiya — 45-oʻrin, Qozigʻiston — 79-oʻrin, Qirgʻiziston — 98-oʻrin, Tojikiston — 103-oʻrinni egalladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala