O‘zbekiston Global innovatsion indeks reytingida 7 pog‘ona ko‘tarildi

© SS0 / Unsplash / NosirFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2021
Obuna bo‘lish
Bundan avval O‘zbekiston reytingda 2020-yil 93-o‘rin va 2015-yilda 122 o‘rinlarni egallagan edi
TOShKENT, 21 sen - Sputnik. AQShning Kornel universiteti, Fransiyaning Insead biznes maktabi va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti Global innovatsion indeks reytingini e’lon qildi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Global innovatsion indeks reytingida 132 davlat orasida 86-o‘rinni egalladi.
Reytingga ko‘ra, O‘zbekistonning dunyo miqiyosida kuchli indikatorlari quyidagilar: “Ilm-fan va muhandislik sohasida bitiruvchilar soni” - 7-o‘rin, “Biznesni yo‘lga qo‘yishning soddaligi” - 8-o‘rin, “Mehnat unumdorligi” - 8-o‘rin, “Kapitalni yalpi tarzda to‘plash” - 7-o‘rin, “Ta’lim uchun davlat xarajatlari” - 28-o‘rin.
Global innovatsion indeks reytingida Shveysariya — 1-o‘rin, Xitoy — 12-o‘rin Rossiya — 45-o‘rin, Qozig‘iston — 79-o‘rin, Qirg‘iziston — 98-o‘rin, Tojikiston — 103-o‘rinni egalladi.
Yangiliklar lentasi
0