Iqtisod

Oʻzbekistonda AI-98 markali benzin ishlab chiqarish oʻzlashtirildi

© Sputnik / Konstantin MixalchevskiyZapravochnaya kolonka
Zapravochnaya kolonka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (“Oʻzstandart”) tomonidan AI–98 avtomobil benzinini seriyali ishlab chiqarish uchun muvofiqlik sertifikati olingan
TOSHKENT, 21 sen - Sputnik. Buxoro neftni qayta ishlash zavodida AI–98 yuqori sifatli etellanmagan benzin ishlab chiqarish oʻzlashtirildi, deb xabar berdi "Oʻzbekneftgaz" AJ matbuot xizmati.
"Buxoro neftni qayta ishlash zavodi yuqori oktanli AI–98 avtomobil benzinini sanoat darajasida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi va oʻz mahsulotlari qatorini yana bir marka bilan boyitib, yuqori oktanli AI–98 avtomobil benzini bilan toʻldirdi", - deyiladi xabarda.
AI–98 markali avtomobil benzini, asosan, siqish darajasi 12 dan 14 gacha boʻlgan dvigatelli avtomobillarda ishlatiladi. AI–98 benzini yuqori detonatsiyaga qarshi xususiyat (oktan xarakteristika)lari tufayli dvigatel quvvatini oshiradi hamda tezlanish dinamikasini yaxshilaydi, tebranish, shovqin darajasini pasaytiradi, shuningdek, yonilgʻi sarfini sezilarli darajada kamaytiradi.
Zapravщik zapravlyayet avtomobil na AZS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2021
Iqtisod
Markaziy Osiyoda eng arzon benzin qayerda?
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (“Oʻzstandart”) tomonidan AI–98 avtomobil benzinini seriyali ishlab chiqarish uchun O‘zDSt 3031:2015 “Avtomobil benzinlari. Texnik shartlar” muvofiqlik sertifikati olindi.
Taʼkidlanishicha, AI–98 avtomobil benzinining dastlabki partiyasi ishlab chiqarildi va 380 tonna hajmdagi benzinning fizik-kimyoviy xususiyatlari standartga binoan muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazildi.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan joriy yilning sentyabr–dekabr oylarida 36,5 ming tonna AI–91, 13,1 ming tonna AI–92 1,4 ming tonna AI–95, shundan 848 tonnasi “QuWatt” rusumidagi yuqori oktanli avtobenzin ishlab chiqarilishi kutilmoqda.
Shuningdek, 14,9 ming tonna Yevro–4, 11,4 ming tonna Yevro–5 rusumidagi dizel yonilgʻilari ishlab chiqarilishi, 2021 yilning ikkinchi yarim yillik yakuniga qadar “Uzbekneftegaz GTL” sintetik kerosinini saqlash uchun 5 000 kub metr hajmda 2 dona saqlash sigʻimlarini qurish ishlarini yakuniga yetkazish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader