Jamiyat

Oʻzbekistonda inson aʼzolari va toʻqimalari transplantatsiyasi qonun bilan mustahkamlanadi

© Sputnik / Kirill Shipitsin / Fotobankka oʻtishVrachi vo vremya operatsii
Vrachi vo vremya operatsii  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Qayd etilishicha, respublikada 5 ming nafar bemor jigar tsirrozidan azob cheksa, ularning 500 nafari jigar transplantatsiyasi amaliyotiga muhtoj.
TOSHKENT, 20 sen – Sputnik. Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida “Inson aʼzolari va toʻqimalari transplantatsiyasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Muhokamada Oliy Majlis Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash, Yoshlar, madaniyat va sport masalalari hamda Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitalari hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi mutasaddilari ishtirok etishdi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na prezentatsii itogov razvitiya xirurgicheskoy slujbы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.09.2021
Jamiyat
Prezident transplantologiya sohasini rivojlantirishni topshirdi
Qayd etilishicha, respublikada 5 ming nafar bemor jigar tsirrozidan azob cheksa, ularning 500 nafari, yaʼni 10 foizi jigar transplantatsiyasi amaliyotiga muhtoj. Bugungi kunga qadar mamlakatda jami 10 ta jigar transplantatsiyasi amalga oshirilgan.
Istiqbolda buyrak koʻchirib oʻtkazish amaliyotini yiliga 250 taga yetkazish, jigar transplantatsiyasini esa yiliga 50 taga yetkazish rejalashtirilgan.
Shuningdek, yurak transplantatsiyasini joriy etish va yiliga 50 ta amaliyot hamda oʻpka transplantatsiyasini yoʻlga qoʻyish va yiliga 30 ta amaliyotni bajarish nazarda tutilgan.
Tadbirda soʻzga chiqqan senatorlar inson aʼzolari va toʻqimalarini koʻchirib oʻtkazish amaliyotini xorijda katta mablagʻ va vaqt sarflamasdan Oʻzbekistonda ham amalga oshirish mumkinligiga urgʻu berdilar. Shuningdek, inson aʼzolari va toʻqimalari transplantatsiyasi borasida qonunchilikda belgilangan normalar bugungi kun talablariga mos emasligi, shu bois, mazkur qonun loyihasida aniq tartiblar belgilab berilayotganligi taʼkidlandi.
Lecheniye bolnыx s COVID-19 v GKB №52 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2021
Jamiyat
Oʻzbek shifokorlari ilk bor jigar transplantatsiyasi amaliyotini mustaqil amalga oshirishdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala