Dunyoda

Patrushev: AQShning dunyo boʻylab biolaboratoriyalari millionlab insonlar hayotiga xavf solmoqda

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishSekretar Soveta bezopasnosti RF Nikolay Patrushev, arxivnoye foto
Sekretar Soveta bezopasnosti RF Nikolay Patrushev, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Patrushev amerikaning butun dunyo boʻylab tashkil etilgan biolaboratoriyalari haqida gapirdi
TOSHKENT, 21 sen - Sputnik. AQShning dunyo boʻylab joylashgan biologik laboratoriyalari oʻnlab million odamlar hayotlariga xavf soladi, deb bayonot qildi RF Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev. RIA Novosti xabari asosida.
"Inson huquqlari nima degani? Erkinlik, hayot muhofazasi, sogʻliq, qonun va sud oldida tenglik, shaxs shaʼni va koʻplab boshqa narsalar. Gʻarb inson huquqlari haqida qaygʻurmoqda, aslida esa ularni ommaviy tartibda buzadi. Misol uchun, Vashington tomonidan butun dunyo boʻylab tashkil etilayotgan biologik laboratoriyalar oʻnlab million insonlar salomatligiga tahdid solmoqda va bu bilan ular huquqini poymol etmoqda", - dedi Patrushev.
Uning soʻzlariga koʻra, AQShning oʻzida boshqacha fikrlash taʼqib qilinadi, koʻplab odamlar normal tibbiy xizmat olish huquqidan mahrum, sud va politsiyachilar adolatli qarorni hamma irq va millat vakillariga nisbatan chiqaravermaydi.
Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.06.2021
Siyosat
Oʻzbekistonda biologik qurol ishlab chiqarishga moʻljallangan laboratoriyalar yoʻq – TIV
"Xuddi shunga oʻxshash voqea Yevropada roʻy bermoqda. Boltiqboʻyida, masalan, rusiyzabon aholiga nisbatan haqiqiy aparteid siyosati oʻtkaziladi. Odamlar yillar davomida fuqaroliksiz yashashadi, yaʼni huquq maydonidan tashqarida, ular tomonidan rus tilining qoʻllanilishi esa huquqbuzarlik hisoblanadi. Ukrainada hukumat rus tili va tub xalqlar toʻgʻrisida diskriminatsiyalovchi qonunlarni qabul qilmoqda, AQSH va Yevropada esa buni goʻyoki payqashmayapti, yoki xaspoʻshlashmoqda", - deya taʼkidladi Patrushev.
Joriy yil aprel oyida Patrushev "Kommersant" nashriga bergan intervyusida dunyoda, ayniqsa, Rossiya va Xitoy chegaralarida amerika nazoratida boʻlgan yangi biolaboratoriyalar "xamirturushda koʻpchiganday" bolalab ketayotgani haqida gapirgan edi. "U yerda biologik qurol ishlab chiqilmoqda, deyish uchun jiddiy asoslar bor", degan edi Patrushev.
Deputat Gosdumы RF, vrach-epidemiolog Gennadiy Oniщenko - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2021
Analitika
MDH davlatlardagi AQSH biolaboratoriyalari xavfli – Onishenko
May oyida RF Xavfsizlik kengashi kotibining birinchi oʻrinbosari Yuriy Averyanov RIA Novostiga bergan intervyusida Rossiya chegaralari yaqinida joylashgan AQSH va NATO laboratoriyalaridagi halokatli mikroblar "goʻyoki kutilmaganda" tabiatga chiqib ketib, Rossiya hududida va unga chegaradosh mamlakatlarda odamlarni ommaviy halok qilishi mumkinligi haqida taʼkidlagan edi.
Averyanovning aytishicha, AQSH koʻplab davlatlar uchun individual, birinchi galda harbiy mazmunga ega boʻlgan biologik tadqiqot rejalarini ishlab chiqmoqda, va ularni bajarilishini tinchlikparvarlik deya koʻrsatiluvchi hamkorlik dasturlari orqali tiqishtirmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala