Hodisalar

Prokuror, MIB rahbari, bojxona inspektori: qator amaldorlar pora bilan qoʻlga tushdi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovMujchina v naruchnikax
Mujchina v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Jizzax, Samarqand, Namangan va Buxoro viloyatlarida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qator xodimlari pora bilan ushlandi.
TOSHKENT, 21 sen – Sputnik. Davlat xavfsizlik xizmati qator hududlarda poraxoʻrlik va firibgarlikning oldi olingani haqida xabar qildi.
Jizzax viloyatidagi tumanlardan birining prokurori taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari bilan shugʻullanuvchi korxona xodimlariga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida qurilish firmasi rahbaridan 2000 dollar talab qilgan.
Buning evaziga prokuror tadbirkorga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllamaslik va mazkur firmada aniqlangan kamomad miqdorini kamaytirib koʻrsatishni vaʼda qilgan. U 1200 dollar avans tariqasida olgan.
Keyin tuman prokurori xizmat xonasida qolgan 800 dollarni olayotgan paytda qoʻlga olingan.
DXX xabariga koʻra, Samarqand viloyatida tuman prokurori oʻrinbosarlaridan biri mahalliy fermer xoʻjaligi rahbariga nisbatan sud tomonidan tayinlangan 3 yil ozodlikni cheklash jazosini boshqa ogʻirroq jazo turiga oʻzgartirish uchun protest kiritgan. Keyin sudning apellyatsiya bosqichida hukmni oʻz kuchida qoldirish evaziga 10 ming dollar talab qilgan.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda prokuror oʻrinbosarining topshirigʻi bilan uning vositachisi soʻralgan pulni olgan vaqtida ushlandi. Prokuror oʻrinbosarining aloqadorligi vositachisi bergan koʻrsatma asosida oʻtkazilgan tadbirda ashyoviy dalillar bilan isbotlangan.
Dollarы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.08.2021
Jamiyat
“Pora berishga majbur boʻldim”: endi maxsus dasturiy taʼminotga shikoyat qilish mumkin
Namangan viloyatida tuman Majburiy ijro boʻlimi rahbari fuqaroning Qirgʻiziston universitetidagi oʻqishini Andijon tibbiyot universitetiga vazirlikdagi tanishlari orqali koʻchirib berish uchun 700 dollar talab qilgan va 300 dollar va 1,05 mln soʻmni oladi. U pulning qolgan qismini olgan vaqtida ushlangan.
Buxoro viloyatidagi “Qorakoʻl” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postining katta inspektori xorijiy tadbirkorning Turkmaniston hududidan keladigan yuk vagonlarini bojxona toʻlovlarini kam toʻlaydigan deb koʻrsatish va kunli omborxona toʻlovlari toʻlanmaydigan holda deklaratsiya rasmiylashtirib berish evaziga undan 800 dollar talab qiladi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda bojxonachi qolgan puldan 400 dollarni olgan vaqtda ushlangan.
Mazkur shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish ochilgan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader