Jamiyat

Qashqadaryoda eshak qassobiga jazo tayinlandi

Osel - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Eshak soʻyib, goʻshtini sotish bilan shugʻullangan shaxsga nisbatan hukm oʻqildi. Sud jarayonida sudlanuvchi aybiga qisman iqror boʻlib, eshaklarni itlar uchun soʻyib sotganini maʼlum qilgan.
TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. Jinoyat ishlari boʻyicha Qarshi shahar sayyor sudida shu yil aprel oyida eshak soʻyib, goʻshtini sotish bilan shugʻullangan shaxsga nisbatan hukm oʻqildi.
Eslatib oʻtamiz, 5 aprel kuni viloyat IIB xodimlarining tezkor saʼy-harakatlari natijasida Qarshi shahridagi Arabxona mahallasida yashovchi fuqaro X.SH.ning xonadonida fuqaro X.J. tomonidan eshak soʻyilayotgani aniqlangan.
Osel - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.06.2021
Hodisalar
Qashqadaryoda eshak soʻyish bilan shugʻullangan guruh qoʻlga olindi
Tekshiruv davomida xonadondan boʻgʻizlangan eshaklar va uning ajratilgan terilari, xonalardan birida esa eshak goʻshti deb gumonlangan soʻyilgan lahm goʻsht mahsulotlari, 20 dona tirik eshaklar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Sud jarayonida sudlanuvchi X.J. aybiga qisman iqror boʻlib, eshaklarni itlar uchun soʻyib sotganini maʼlum qilgan. Biroq sud hujjatlarida toʻplangan maʼlumotlarga koʻra, fuqaro pul evaziga buyurtmachiga goʻshtlarni yetkazib bergan.
Sud hukmiga koʻra, fuqaro X.J. JKning 186-modda (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi va unga nisbatan ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlariga jalb qilish jazosi tayinlandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala