Qoraqalpog‘istonda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul tushlik berish yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishOrganizatsiya pitaniya v shkolax
Organizatsiya pitaniya v shkolax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2021
Obuna bo‘lish
Bu haqda O‘zLiDeP nomzodi Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda saylovchilar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
TOShKENT, 20 sen – Sputnik. Qoraqalpog‘istonda kelgusi yildan boshlab, 1-4 boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul tushlik berish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zLiDePdan prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovoldi tashviqoti davomida ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, buning uchun budjetdan yiliga 100 milliard so‘m ajratiladi.
“Buni nazorat qilinglar, korrupsiya bo‘lmasin. Boshqa hech bir hududda bunday bo‘lmagan. Buni o‘zim o‘ylab yozdim. Bolajonlarimning ko‘pining onasi kasal”, – dedi Mirziyoyev.
Shavkat Mirziyoyev na trape samolyota - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2021
Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi: prezident saylovchilar bilan uchrashadi
Yangiliklar lentasi
0