Jamiyat

Salkam 40 mahallada “Elektron kuzatuv maskanlari” tashkil etiladi

© AFP / TOLGA AKMENKamera videonablyudeniya
Kamera videonablyudeniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Elektron kuzatuv maskanlari” faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlarga ijara huquqi asosida beriladi.
TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. “Mahallalarda jamoat tartibini saqlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2021 yil 1 oktyabrdan 2022 yil 1 oktyabrgacha mahallalarda barpo etilgan ayrim “Jamoatchilik nazorati maskanlari” (maskanlar) negizida “Elektron kuzatuv maskanlari” faoliyatini tashkil etish boʻyicha eksperiment oʻtkaziladi.
Post ryadom s bыvshey gostinitsey Rossiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Jamiyat
Savdo va koʻngilochar koʻchalarda qoʻshimcha patrullik postlari tashkil etiladi
Eksperiment doirasida:
- tadbirkorlarga beriladigan maskanlar va ularning binolari atrofida 6 kvadrat metrgacha “Elektron kuzatuv maskanlari” joylashtiriladi, qolgani tadbirkorlik uchun 5 yil muddatga ijaraning “nol” stavkasi asosida beriladi;
- maskanlar ijara shartnomasi asosida beriladigan tadbirkorlar “E-auksion” platformasida elektron tanlov oʻtkazish orqali aniqlanadi;
- ijara muddati tugagandan soʻng maskanlarning binolari mahallaga mulk huquqi asosida qoldiriladi.
Shunga koʻra, hududlarda tegishli 38 ta mahalladagi maskanlar “Elektron kuzatuv maskanlari” faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlarga ijara huquqi asosida beriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala