Shavkat Mirziyoyevning BMT 76-sessiyasidagi nutqi - video

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti COVID-19 pandemiyasi oqibatlarini yengishda va dunyoda notinchliklar kuchayayotgan vaqtda BMTning o‘rni yanada muhim ekanini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibning xalqaro munosabatlarda hamjihatlik va birdamlikni mustahkamlashga qaratilgan harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini aytib o‘tdi.
Shuningdek O‘zbekiston o‘z oldiga qo‘ygan yuksak maqsadlarini ham sanab o‘tdi. Ular orasida 2030-yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar miqdori bo‘yicha “aholi daromadi o‘rtachadan yuqori" davlatlar qatoriga qo‘shilish, iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash, atrof-muhit va bio xilma-xillikni muhofaza qilish va tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish kabi vazifalarni sanab o‘tdi.
- Bu nafaqat bugungi, balki kelajak avlodlar oldidagi ezgu insoniy burchimizdir, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Undan tashqari O‘zbekiston prezidenti 2022-yilda Orolbo‘yi hududida, Nukus shahrida "yashil" energetika bo‘yicha BMT bilan hamkorlikda yuqori darajadagi xalqaro forum o‘tkazish tashabbusini hamda 2023-yilda O‘zbekistonda Atrof-muhit bo‘yicha BMTning yuqori darajadagi Oltinchi Assambleyasini o‘tkazish taklif etdi.
Yangiliklar lentasi
0