Jamiyat

Soʻnggi ikki yilda xiyonat tufayli oilaviy ajrashishlar ikki barobarga oshdi

Izmena - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Mahalla va oila ilmiy-tadqiqot instituti direktori Oʻzbekistonda ajrimlarning omillari haqida maʼlumot berdi.
TOSHKENT, 21 sen – Sputnik. Oʻzbekistonda 2021 yilning yanvar-iyun oylarida 19,4 ming ta oila ajrashgan. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Mahalla va oila ilmiy-tadqiqot instituti direktori Nodira Egamberdiyeva maʼlum qildi.
“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Sirdaryo, Xorazm, Namangan, Toshkent viloyatlarida oxirgi 5 yil davomida oʻz oilasidan ajrashgan 400 dan ortiq shaxslar bilan soʻrov oʻtkazgan.
Soʻrov natijalariga koʻra, oilaviy ajralishlarning eng koʻp uchraydigan sabablari er va xotin oʻrtasida doimiy maishiy-psixologik darajadagi kelishmovchiliklar, oʻzaro mehrning yoʻqligi (30,2%), er-xotinning oila aʼzolarining oilaning turmushiga doimiy aralashuvi, ular bilan kelishmovchilik (21,2%), oilaviy xiyonat (17,1%) hisoblanadi.
Taʼkidlanishicha, soʻnggi ikki yilda xiyonat tufayli oilaviy ajrashishlar ikki barobarga oshgan.
Ssora mejdu mujchinoy i jenщinoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.10.2020
Jamiyat
Eng koʻp ajralish qaysi hududda qayd etildi
10,3 foizi respondentlar oilaning iqtisodiy ahvolini oʻnglay olishganida ajralish yuz bermasligini mumkinligini taʼkidlaganlar. Bundan tashqari, 12 foiz ayollar turmush oʻrtogʻi ishga kirishi ham shunday omil boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisida fikr bildirgan.

Respondentlarning atigi 0,9 foizi “ajralishning hech qanday yomon oqibati boʻlmadi, ajrashganimdan xursandman” deya javob bergan. Eʼtiborli jihati, erkaklar bu javobni umuman tanlamagan, yaʼni erkaklar orasida ajrashganligidan mamnunlar uchramagan.
Soʻrovda ishtirok etgan ajrashgan shaxslarning yarmidan koʻprogʻi (51,5%) oilani saqlab qolishning imkoni bor edi deb hisoblagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala