Siyosat

Tojikiston hukumati Oʻzbekistonda qurayotgan bogʻchaning ochilish sanasi maʼlum boʻldi

© Sputnik / Varvara Gertye / Fotobankka oʻtishDetskiy sad
Detskiy sad - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Bolalar bogʻchasini qurish ishlari Tojikiston hukumati mablagʻlari hisobiga amalga oshirilgan
TOSHKENT, 21 sen - Sputnik. Tojikiston hukumati tomonidan Oʻzbekistonda barpo etilgan bolalar maktabgacha taʼlim tashkilotining tantanali ochilish marosimi Fargʻona viloyati Rishton tumanida 24 sentyabr kuni boʻlib oʻtadi.
Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar bermoqda.
"Tojikiston Respublikasi prezidenti tashabbusi bilan Fargʻona viloyati Rishton tumani Uch ariq MFY xududida zamonaviy loyiha asosida 2 qavatli quvvati 200 oʻringa moʻljallangan “Kapalak” nomli maktabgacha taʼlim tashkiloti qurildi. Yangi ochilgan 63-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga tanlov asosida jami 53 nafar xodimlar qabul qilingan boʻlib, ulardan 12 nafarini Oliy maʼlumotli pedagog xodimlar tashkil etadi", - deb xabar berdi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga MTV vakili.
Tojikiston hukumati Rishton tumanida 200 nafar tarbiyalanuvchi uchun bogʻcha qurish maqsadida 1 million 400 ming AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratgan edi.
Pamyatnik Uch pahlavon v Namangane otkrыlsya zanovo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.03.2020
Jamiyat
“Uch pahlavon” haykali - oʻzbek, tojik va qirgʻiz xalqlari doʻstligi ramzi
Eslatib oʻtamiz, Rishton tumanida bogʻcha qurish qarori Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil mart oyida Tojikistonga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida erishilgan edi.
Ochilish marosimida Tojikiston Respublikasi Taʼlim va fan vaziri Imomzoda Muhammadyusuf Saidali boshchiligidagi delegatsiyaning ishtiroki ham rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala