Jamiyat

Toshkent viloyatida Janubiy Koreyaning nufuzli universiteti filiali tashkil etiladi

© Press-slujba xokimiyata Tashkentskoy oblastiXokim Tashkentskoy oblasti (sprava) Davron Xidoyatov
Xokim Tashkentskoy oblasti (sprava) Davron Xidoyatov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Universitetda tahsil olayotgan talabalarga oʻz yoʻnalishlarida oʻquv mashgʻulotlarini Koreya Respublikasi Hwashin Cyber universitetida davom ettirib, ushbu universitet diplomini olish imkoniyatini yaratish tartiblari muhokama qilingan.
TOSHKENT, 21 sen - Sputnik. Toshkent viloyatida Janubiy Koreyaning Hwashin Cyber universiteti filiali tashkil etiladi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati axborot-xizmati.
Xabarda aytilishicha, Toshkent viloyati hokimligida viloyat hokimi Davron Hidoyatov janubiy koreyalik mehmonlar - xususan, Koreya Respublikasi Hwashin Cyber universitetining MDH davlatlari boʻyicha bosh mutaxassisi Kim Sunggi bilan shu haqda muzokara olib borgan.
Suhbat davomida mazkur loyihaning imkoniyatlari va ikki taraflama manfaatli jihatlari haqida toʻxtalingan.
Jamiyat
Oliy oʻquv yurtlarida toʻlov-kontrakt miqdori eʼlon qilindi
Taʼlim dargohida sport zal, madaniyat saroyi, kutubxona binolarini qurish, taʼlim klasterini tashkil etishga kelishilgan.
Buning uchun universitet qoshida maktabgacha taʼlim muassasasi, umumtaʼlim maktab binosi, 600 oʻrinli talabalar turar joylarini barpo etish rejalashtirilmoqda. Taʼlim jarayonini tashkil etishda mutaxassislik fanlaridan darslarga malakali xorijiy professor-oʻqituvchilarni jalb qilinishi koʻzda tutilgan.
Shuningdek, universitetda tahsil olayotgan talabalarga oʻz yoʻnalishlarida oʻquv mashgʻulotlarini Koreya Respublikasi Hwashin Cyber universitetida davom ettirib, tegishli tartibda ushbu universitet diplomini olish imkoniyatini yaratib berish tartiblarini joriy etish imkoniyatlari ham muhokama qilingan.
Uchrashuv yakunida hamkorlik yuzasidan memorandum imzolashga kelishib olingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala