Jamiyat

Xalqaro jamgʻarmalar krediti evaziga qishloq infratuzilmasi quriladi – yangi qonun

© Press-slujba AO “Uzsuvtaminot”Vodoprovodchik kopayet transheyu
Vodoprovodchik kopayet transheyu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Xalqaro bank va jamgʻarmalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarida 170ta mahalla infratuzilmasini yaxshilash loyihalari uchun kredit ajratdi.
TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. Oʻzbekiston viloyatlarida xalqaro moliya jamgʻarmalari mablagʻi evaziga qishloq joylarda infratuzilma loyihalari rivojlantiriladi. Bu haqida Oʻzbekiston prezidentining yangi qarorida aytib oʻtilgan.

Xususan, Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan 20 yil muddatga ajratilayotgan jami 275 million AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli kreditlar evaziga qishloq hududlarida infratuzilmaviy va aholi turmush tarzini yaxshilashga moʻljallangan loyihalara amalga oshiriladi.

Ushbu mablagʻlar evazidan tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar beriladi. Kredit muddati 20 yil boʻlib, dastlabki 5 yil imtiyozli muddat hisoblanadi.
Loyiha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarining 20 ta tumanidagi 170 ta MFY (40 ta markaziy, 130 ta yondosh mahalla)larda amalga oshiriladi;
Loyihani amalga oshirish doirasida QQS davlat tomonidan toʻlab beriladi;
Loyiha doirasida xorijdan olib kiriladigan tovarlar bojdan ozod qilinadi;
Ijrochi tashkilotlar va subijrochilar ochiq va shaffof usulda tanlab olinadi;
ITB va OPEK bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu Loyihani amalga oshirish davri 5 yilni (2021-2025) tashkil etadi. Prezident qarorining toʻliq matni bilan quyida tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader