Sport

"Avtomobilsiz kun" - Oʻzbekistonda vazirlar bir kunga mashinadan voz kechishdi

© Ministerstvo turizma i sportaAziz Abduxakimov prizval chinovnikov provesti den bez avtomobiley
Aziz Abduxakimov prizval chinovnikov provesti den bez avtomobiley - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2021
Hukumat qarori bilan 2021 yildan boshlab 22 sentyabr respublika boʻyicha "Avtomobilsiz kun" sifatida eʼlon qilingan. Shu kuni shaxsiy avtomobilda harakatlanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechish tavsiya etiladi
TOSHKENT, 22 sen - Sputnik. Oʻzbekistonda eʼlon qilingan "Avtomobilsiz kun" aktsiyasi doirasida bugun, 22 sentyabr kuni qator amaldorlar ishga piyoda yoki velosipedda borishdi.
Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining "Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarori bilan 22 sentyabr Oʻzbekistonda "Avtomobilsiz kun" deb eʼlon qilingan.
Ekstremalnaya yezda na velosipede - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.06.2020
Video
Oʻzbekistonlik velosipedchilar hayotidan yorqin lahzalar - video
Kuni kecha, Bosh vazir oʻrinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov “Xalqaro avtomobilsiz kun” munosabati bilan davlat idoralari va mahalliy organlari rahbarlarini shaxsiy namuna koʻrsatib, ushbu aktsiyada faol ishtirok etishga chorlagan edi.
Abduhakimov shu bilan birga, ilm-fan, madaniyat va sport sohalari xodimlari hamda OAV vakillarini, qolaversa barcha oʻzbekistonliklarni shu kuni ommaviy tadbirlarda faol ishtirok etishga hamda bir kun davomida avtomobil oʻrniga velosipeddan foydalanish yoki piyoda harakatlanishga chorlagan edi.
"Avtomobilsiz kun aktsiyasi doirasida #sarfreeday_uzbekistan, #shaxsiynamunakursat, #avtomobilsizbirkun xeshteglaridan foydalanib, yanada keng aholini qamrab olishni taklif etaman. Zero bu kabi tadbirlarni oʻtkazish mamlakatimizda yoʻl xarakati xafsizligini yanada takomillashtirish, shahar aholisi oʻrtasida ekologik madaniyat hamda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishni maqsad qilgan. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti ham oʻz tavsiyalarida jismoniy faollikni oshirish infektsion, yurak-qon tomir, saraton va qandli diabet kasalliklar profilaktikasida muhim oʻrin tutishini taʼkidlaydi. Shunday ekan, fikrimcha, ayni damda dunyoda pandemiya bilan bogʻliq vaziyatda bunday aktsiyaning oʻtkazilishi ayni muddaodir”, - deydi Abduhakimov.
Jamiyat
Erkaklar diqqatiga: velosport juda foydali ekan
Oʻzbekistonda 22 sentyabr kuni uyushmagan yoshlarni velosiped, skeyt va samokatlarda uchish musobaqalari ham boʻlib oʻtmoqda.
Misol tariqasida, bugun Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov mazkur tashabbusni qoʻllab-quvvatlab, oʻz uyidan vazirlikka qadar piyoda yoʻl bosganini Feysbukdagi sahifasida joyladi.
Maʼlum qilinishicha, bugun soat 20:00 da poytaxtda "Tungi velosayr" festivali oʻtkaziladi. Velosayr Toshkentning Mahtumquli va Mirzo Ulugʻbek koʻchalari kesishmasidan boshlanib, "Yangi Oʻzbekiston" bogʻigacha davom etadi.
Shunday qilib, velosayr paytida avtomobillar qatnovi toʻliq toʻxtatilmaydi.
Ushbu tadbirda barcha velosport ishqibozlari – professionallar va havaskorlar ishtirok etishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala