"Avtomobilsiz kun" - O‘zbekistonda vazirlar bir kunga mashinadan voz kechishdi

© Ministerstvo turizma i sportaAziz Abduxakimov prizval chinovnikov provesti den bez avtomobiley
Aziz Abduxakimov prizval chinovnikov provesti den bez avtomobiley - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2021
Obuna bo‘lish
Hukumat qarori bilan 2021-yildan boshlab 22-sentabr respublika bo‘yicha "Avtomobilsiz kun" sifatida e’lon qilingan. Shu kuni shaxsiy avtomobilda harakatlanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechish tavsiya etiladi
TOShKENT, 22 sen - Sputnik. O‘zbekistonda e’lon qilingan "Avtomobilsiz kun" aksiyasi doirasida bugun, 22-sentabr kuni qator amaldorlar ishga piyoda yoki velosipedda borishdi.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining "Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori bilan 22-sentabr O‘zbekistonda "Avtomobilsiz kun" deb e’lon qilingan.
Ekstremalnaya yezda na velosipede - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2020
O‘zbekistonlik velosipedchilar hayotidan yorqin lahzalar - video
Kuni kecha, Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov “Xalqaro avtomobilsiz kun” munosabati bilan davlat idoralari va mahalliy organlari rahbarlarini shaxsiy namuna ko‘rsatib, ushbu aksiyada faol ishtirok etishga chorlagan edi.
Abduhakimov shu bilan birga, ilm-fan, madaniyat va sport sohalari xodimlari hamda OAV vakillarini, qolaversa barcha o‘zbekistonliklarni shu kuni ommaviy tadbirlarda faol ishtirok etishga hamda bir kun davomida avtomobil o‘rniga velosipeddan foydalanish yoki piyoda harakatlanishga chorlagan edi.
"Avtomobilsiz kun aksiyasi doirasida #sarfreeday_uzbekistan, #shaxsiynamunakursat, #avtomobilsizbirkun xeshteglaridan foydalanib, yanada keng aholini qamrab olishni taklif etaman. Zero bu kabi tadbirlarni o‘tkazish mamlakatimizda yo‘l xarakati xafsizligini yanada takomillashtirish, shahar aholisi o‘rtasida ekologik madaniyat hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni maqsad qilgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham o‘z tavsiyalarida jismoniy faollikni oshirish infeksion, yurak-qon tomir, saraton va qandli diabet kasalliklar profilaktikasida muhim o‘rin tutishini ta’kidlaydi. Shunday ekan, fikrimcha, ayni damda dunyoda pandemiya bilan bog‘liq vaziyatda bunday aksiyaning o‘tkazilishi ayni muddaodir”, - deydi Abduhakimov.
Erkaklar diqqatiga: velosport juda foydali ekan
O‘zbekistonda 22-sentabr kuni uyushmagan yoshlarni velosiped, skeyt va samokatlarda uchish musobaqalari ham bo‘lib o‘tmoqda.
Misol tariqasida, bugun O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, o‘z uyidan vazirlikka qadar piyoda yo‘l bosganini Feysbukdagi sahifasida joyladi.
Ma’lum qilinishicha, bugun soat 20:00 da poytaxtda "Tungi velosayr" festivali o‘tkaziladi. Velosayr Toshkentning Mahtumquli va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasidan boshlanib, "Yangi O‘zbekiston" bog‘igacha davom etadi.
Shunday qilib, velosayr paytida avtomobillar qatnovi to‘liq to‘xtatilmaydi.
Ushbu tadbirda barcha velosport ishqibozlari – professionallar va havaskorlar ishtirok etishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0