Jamiyat

Bolalar nafaqasi va moddiy yordam olishda qulaylik yaratildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2021
Moliya vazirligi maxsus telegram botni ishga tushirdi. U bolalar nafaqasi va moddiy yordam masalasidagi murojaat qilishni osonlashtiradi.
TOSHKENT, 22 sen – Sputnik. Moliya vazirligibolalar nafaqasi va moddiy yordam olish jarayoni yanada qulay boʻlishi uchun maxsus Telegram-botni ishga tushirdi.
Vazirlik xabariga koʻra, @sr_mf_uzbot bolalar nafaqasi va moddiy yordam masalasidagi murojaat qilish va tezkor maʼlumot olishda koʻmaklashadi.
Ushbu maxsus telegram botda:
"Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi haqidagi maʼlumotlar;
bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun berilgan arizalarning holati toʻgʻrisida;
bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun murojaat qilish tartibi;
bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash rad qilinish sabablari;
bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdorlari kabi maʼlumotlar oʻrin olgan.
Shuningdek, botga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash boʻyicha eng koʻp kelib tushayotgan savollar javoblari bilan birga oʻzbek va rus tillarida joylashtirilgan.
Pole - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2021
Jamiyat
Yer nazoratiga oid maxsus telegram-bot ishga tushdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala