Holva degan bilan... rossiyalik mansabdor Erdo‘g‘onga javob qaytardi

Obuna bo‘lish
Turkiya prezidentining "Qrim anneksiyasi" haqidagi gaplariga rossiyalik mansabdorlar javob qaytardi.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. “Holva” degan bilan og‘iz chuchimas deb javob berdiya Rossiya Federatsiya Kengashi a’zosi Sergey Sekov Turkiya prezidenti Toyiib Erdo‘g‘onning Qrim haqida aytgan so‘zlariga.
Eslatib o‘tamiz, BMT Bosh Assambleyasida so‘zga chiqqan Turkiya prezidenti Ukraina hududiy yagonaligini saqlab qolish, jumladan “anneksiya qilingan Qrimni” ham va u yerda yashayotgan qrim tatarlarining huquqlarini himoya qilishd kerak degan edi.
Bunga javoban rossiyalik mansabdor yuqorida keltirilgan sharqona maqolni keltirdi va Erdo‘g‘on “Qrimni anneksiyasi” va uni tan olmasligigini necha marta aytmasin – hech narsa o‘zgarmaydi, dedi.
“Erdo‘g‘on vaziyatga sog‘lom nazar bilan qarab, Qrim tarixini esga olsa, uning har doim Rossiya bilan bog‘liq bo‘lganini, Rossiyaga pravoslav dini kirib kelishi o‘sha yerdan boshlanganini, hozir ham u yerda juda ko‘p ruslar yashayotganini va u yerda Qora dengiz harbiy flotining asosiy bazasi joylashganini tushunsa yaxshi bo‘ladi. Qrim Rossiya tarkibida abadiy qoladi”, - dedi Sekov.
Undan tashqari, ushbu yarim orol Ukraina tarkibida bo‘lgan vaqtlarda Turkiya qrim tatarlari haqida unchalik qayg‘urmasdi. O‘sha vaqtlar ularning muammolari hizirgidan ancha ko‘p edi.
“Qrim tatarlarining muammolari yarim orol Rossiyaga qo‘shilganidan so‘ng tez va har tomonlama hal bo‘la boshladi. Erdo‘g‘on bo‘lsa, o‘zining bunday bayonotlari bilan tatarlar orasida qarama-qarshilik keltirib chiqarmoqda va Qrim barqarorligiga xavf solmoqda. Mana shu narsa bizlarni xavotirlantirmoqda”, - dedi Sekov.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Erdo‘g‘onning ushbu bayonotiga mutlaq qo‘shilmasligini va ushbu so‘zlar Turkiya prezidentining Rossiyaga tashrifi arafasida aytilganidan afsusda ekanini ma’lum qildi.
Yangiliklar lentasi
0