Siyosat

Jahongir Ortiqxoʻjayev poytaxtning uch tuman hokimiga hayfsan berdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovXokim Tashkenta Djaxongir Artыkxodjayev
Xokim Tashkenta Djaxongir Artыkxodjayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2021
Mirzo Ulugʻbek, Yangihayot tumani va Yunusobod tumani hokimlari birinchi yarim yillikda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirishga yoʻl qoʻyganliklari uchun jazolanishgan.
TOSHKENT, 22 sen – Sputnik. Toshkent shahridagi uchta tuman hokimiga hayfsan intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi. Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayevning 16 sentyabr kuni qabul qilingan tegishli farmoyishi E-Qaror portalida eʼlon qilingan.
Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi Shavkatbek Irgashevga, Yunusobod tumani hokimi Jahongir Ibrohimovga va Yangihayot tumani hokimi Hayot Inogamovga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan.
Ular joriy yil birinchi yarim yillikda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirishga yoʻl qoʻyganliklari uchun jazolanishgan.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, yanvar-iyun oylarida Yunusobod, Yangi Hayot va Mirzo Ulugʻbek tumanlarida fizik hajm indeksi keskin pasaygan.
Ortiqxoʻjayev bu xiyobonda barpo etilishi kutilayotgan “Istiqlol” majmuasi qurilishida birorta daraxt kesilsa, oʻz arizasi bilan ishdan ketishga tayyor ekanini alohida urgʻuladi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.02.2021
Video
Jahongir Ortiqxoʻjayev Toshkent aholisiga nima vaʼda berdi – video
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader