Iqtisod

Koʻchmas mulkni ijaraga berish shartnomalari soliq organlarida hisobga qoʻyiladi

CC0 / Pixabay / StartupStockPhotos Mujchina rabotayet s bumagami
Mujchina rabotayet s bumagami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2021
Yuridik shaxslar tomonidan koʻchmas mulkni ijaraga berish (olish) yoki tekin foydalanish shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyiladi.
TOSHKENT, 22 sen — Sputnik. “Soliq toʻlovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va qoʻshilgan qiymat soligʻining oʻrnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Kamera videonablyudeniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Jamiyat
Salkam 40 mahallada “Elektron kuzatuv maskanlari” tashkil etiladi
Qarorga koʻra:
- xavfga asoslangan yondashuvni qoʻllash amaliyoti QQS toʻlovchilarni soliq organlarida maxsus roʻyxatdan oʻtkazish tartib-taomillariga tatbiq etish bilan kengaytiriladi;
- intizomli soliq toʻlovchilarga oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan QQS summasini qaytarish tezlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi;
- intizomli soliq toʻlovchilarning roʻyxati Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tahlika-tahlil dasturi asosida shakllantiriladi hamda oʻz rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi.
QQS toʻlovchilarni soliq organlarida maxsus roʻyxatdan oʻtkazishda arizalar 7 kun ichida koʻrib chiqiladi.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2021
Iqtisod
Ayrim hududlarda alohida soliq rejimi joriy etildi
Arizani koʻrib chiqish natijalari shu muddatda taqdim etilmaganda, QQS toʻlovchiga maxsus roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma avtomatik ravishda beriladi.
2022 yil 1 yanvardan QQS toʻlovchilar va ustav jamgʻarmasida davlat ulushi 50 foizdan koʻproq miqdorda boʻlgan yuridik shaxslar uchun quyidagilar majburiy hisoblanadi:
- asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish hamda oʻz ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bogʻliq barcha operatsiyalarni davlat soliq organlarining “E-aktiv” avtomatlashtirilgan avtomat tizimida aks ettirish;
- xoʻjalik faoliyati davomida tovar-moddiy zaxiralar saqlash muddati tugagach yoʻq qilinganda va hisobdan chiqarilganda 3 ish kunidan kechiktirmasdan “E-aktiv” AATda aks ettirish.
2022 yil 1 yanvardan yuridik shaxslar tomonidan koʻchmas mulkni ijaraga berish (olish) yoki tekin foydalanish shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyiladi. Bunda hisobga qoʻyish masofadan turib faqat elektron shaklda amalga oshiriladi.
Qaror bilan shuningdek, Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilarini soliq organlarida qoʻshilgan qiymat coligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala