Sport

OʻFA “Surxon” klubi rahbariyati va uch futbolchisini futbol faoliyatidan chetlatdi

CC0 / Unsplash / Emilio Garcia / Futbolnыy myach
Futbolnыy myach - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2021
OʻFA “Surxon” futbol klubi vakillari va uning sobiq futbolchilari oʻrtasida vujudga kelgan vaziyatni keskin qoralagan.
TOSHKENT, 22 sen – Sputnik. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (OʻFA) “Surxon” futbol klubi vakillari va uning sobiq futbolchilari oʻrtasida vujudga kelgan vaziyat yuzasidan bayonot berdi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Surxon” klubining maʼmuriy boshqaruv ofisiga futbol klubining sobiq futbolchilari Javohir Esonqulov va Akrom Xoʻjayev tashrif buyurgani, klub ofisida klubning ayrim xodimlari va mazkur futbolchilar oʻrtasida vujudga kelgan nizoli vaziyat bilan bogʻliq maʼlumotlar tarqalgan edi.
Taʼkidlanishicha, ushbu vaziyat yuzasidan OʻFA rahbariyati va masʼul mutaxassislari ishtirokida maxsus yigʻilish boʻlib oʻtgan.
Bayonotda yozilishicha, assotsiatsiya bu kabi salbiy holatlarni keskin qoralaydi. Mazkur shaxslarning masʼuliyatsizligi va etika normalariga rioya qilmasligi oʻzbek futboli imidjiga putur yetkazmoqda.
“Mazkur holatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aniqlik kiritilguniga qadar OʻFA tomonidan “Surxon” futbol klubi bosh direktori Azamat Abdurahmonov, sport direktori Abdumajid Toirov, futbolchilar Asror Gʻofurov, Javohir Esonqulov va Akrom Xoʻjayev futbol bilan bogʻliq har qanday faoliyatdan chetlashtirildi”, - deyilgan xabarda.
OʻFA barcha futbol klublari rahbariyatiga oʻz jamoalarida qatʼiy intizomni saqlashni va har qanday vaziyatda ham etika normalariga rioya qilishni tavsiya etgan.
Futbolnыy myach - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2021
Hodisalar
“Surxon” vakillari va sobiq futbolchilari oʻrtasidagi mushtlashuv yuzasidan tergov boshlandi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala