O‘FA “Surxon” klubi rahbariyati va uch futbolchisini futbol faoliyatidan chetlatdi

CC0 / Unsplash / Emilio Garcia / Futbolniy mach
Futbolniy mach - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2021
Obuna bo‘lish
O‘FA “Surxon” futbol klubi vakillari va uning sobiq futbolchilari o‘rtasida vujudga kelgan vaziyatni keskin qoralagan.
TOShKENT, 22 sen – Sputnik. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) “Surxon” futbol klubi vakillari va uning sobiq futbolchilari o‘rtasida vujudga kelgan vaziyat yuzasidan bayonot berdi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Surxon” klubining ma’muriy boshqaruv ofisiga futbol klubining sobiq futbolchilari Javohir Esonqulov va Akrom Xo‘jayev tashrif buyurgani, klub ofisida klubning ayrim xodimlari va mazkur futbolchilar o‘rtasida vujudga kelgan nizoli vaziyat bilan bog‘liq ma’lumotlar tarqalgan edi.
Ta’kidlanishicha, ushbu vaziyat yuzasidan O‘FA rahbariyati va mas’ul mutaxassislari ishtirokida maxsus yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.
Bayonotda yozilishicha, assotsiatsiya bu kabi salbiy holatlarni keskin qoralaydi. Mazkur shaxslarning mas’uliyatsizligi va etika normalariga rioya qilmasligi o‘zbek futboli imidjiga putur yetkazmoqda.
“Mazkur holatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aniqlik kiritilguniga qadar O‘FA tomonidan “Surxon” futbol klubi bosh direktori Azamat Abdurahmonov, sport direktori Abdumajid Toirov, futbolchilar Asror G‘ofurov, Javohir Esonqulov va Akrom Xo‘jayev futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirildi”, - deyilgan xabarda.
O‘FA barcha futbol klublari rahbariyatiga o‘z jamoalarida qat’iy intizomni saqlashni va har qanday vaziyatda ham etika normalariga rioya qilishni tavsiya etgan.
Futbolniy mach - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2021
“Surxon” vakillari va sobiq futbolchilari o‘rtasidagi mushtlashuv yuzasidan tergov boshlandi
Yangiliklar lentasi
0