O‘zbekistonning bosh maqsadi, vaksina siyosati va Afg‘oniston: Mirziyoyevning BMTdagi nutqi

© SputnikShavkat Mirziyoyev vistupil s videoobrasheniyem na 76-y sessii Generalnoy Assamblei OON
Shavkat Mirziyoyev vistupil s videoobrasheniyem na 76-y sessii Generalnoy Assamblei OON - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2021
Obuna bo‘lish
Mirziyoyevga ko‘ra, O‘zbekistonning asosiy maqsadi – 2030-yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar miqdori bo‘yicha "daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar" qatoriga kirishdir. Bu reja BMTning 2030-yilgacha bo‘lgan Barqaror rivojlanish maqsadlari ruhiga uyg‘undir
TOShKENT, 22 sen - Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida 21-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi doirasidagi umumiy munozaralar boshlandi. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev videomurojaat bilan so‘zga chiqdi.
O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida yangi sharoitlarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan tuzilmalarining ahamiyati va o‘rni tobora ortib borayotganini qayd etdi.
SPUTNIK_LIVE:  76 sessiya generalnoy assamblei OON - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2021
Shavkat Mirziyoyevning BMT 76-sessiyasidagi nutqi - video
"Tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga transmilliy tahdidlar tobora kuchaymoqda, iqlim jadal o‘zgarmoqda, ommaviy migratsiya oqimlari ko‘paymoqda, an’anaviy qadriyatlar zavol topmoqda. Jahon taqdiri bilan bog‘liq ushbu muhim jarayonlarda aynan Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘zining yetakchilik rolini yangi mazmun va sifat bilan davom ettirishi zarur. Biz Bosh kotibning xalqaro munosabatlar tizimida hamjihatlik va birdamlikni mustahkamlash, tashkilot faoliyatining samaradorligini va shaffofligini oshirishga qaratilgan harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz", - dedi O‘zbekiston yetakchisi.

Vaksina siyosati

Prezident BMTning "hech kimni e’tiborsiz qoldirmaslik", degan tamoyil asosida vaksinalardan teng va adolatli foydalanish imkoniyatini yaratishga doir sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatladi.
Lyudi naslajdayutsya jarkoy pogodoy na plyaje v Bornmute, Velikobritaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2020
Meteorologlar iqlim yaqin besh yilda qay darajada o‘zgarishini aytishdi
"Biz pandemiyalarga qarshi samarali kurashda vaksinatsiya natijalarini xalqaro miqyosda tan olish jarayonlarida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining muvofiqlashtiruvchi rolini yanada kuchaytirish tarafdorimiz. O‘zbekiston Respublikasining tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va Bosh Assambleyaning rasmiy hujjati sifatida tarqatilgan Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi Kodeks bizning bu boradagi amaliy hissamizdir", - deya davom ettirdi Mirziyoyev.

So‘z erkinligi

Davlat rahbari so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli va jadal demokratik islohotlar bugungi kunda ortga qaytmas tus olganini ta’kidladi.
"Inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish demokratik islohotlarimizning asosini tashkil etmoqda. So‘z va ommaviy axborot vositalari, din va vijdon erkinligini, gender tenglikni, millatlararo totuvlikni ta’minlash borasida qat’iy qadamlar tashlanmoqda".
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2021
Lavrov Yevropani Rossiya vaksinalari mavzusini siyosiylashtirmaslikka chaqirdi
Ishtirokchilarning e’tibori bosh g‘oyasi fuqarolik jamiyati institutlari rolini kuchaytirish, inson huquqlarini himoya qilish, kambag‘allikni kamaytirish, har bir kishini kafolatli daromad manbai bilan ta’minlash hamda barqaror ekologik rivojlanishga erishishdan iborat Yangi O‘zbekiston strategiyasi ishlab chiqilganiga qaratildi.

O‘zbekistonning bosh maqsadi

"Asosiy maqsadimiz – 2030-yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar miqdori bo‘yicha “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirishdir. Bu rejamiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030-yilgacha bo‘lgan Barqaror rivojlanish maqsadlari ruhiga uyg‘un ekanini ta’kidlash lozim", - dedi O‘zbekiston yetakchisi.
Shu ma’noda pandemiyadan keyingi davrda jahon iqtisodiyotini qayta tiklash muammolarini o‘rganish, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni hayotga tatbiq etishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyani Toshkentda o‘tkazish taklif etildi.
Davlat rahbari global harakatlarga yoshlarni jalb etish bo‘yicha Butunjahon konferensiyasi O‘zbekistonda muvaffaqiyatli o‘tkazilganini ta’kidladi hamda ushbu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarning davomi sifatida Samarqand shahrida muntazam o‘tkazilayotgan Inson huquqlari muloqotlari doirasida Global ta’lim forumini tashkil etish rejalashtirilganini ma’lum qildi.

Markaziy Osiyo mintaqasi - do‘stlik makoni

Prezident Markaziy Osiyo mintaqasida o‘zaro hamjihatlik va hurmat, yaqin qo‘shnichilik va strategik sheriklik ruhidagi mutlaqo yangi siyosiy muhitini mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlar qat’iy davom ettirilishini ta’kidladi.
Emomali Raxmon i Shavkat Mirziyeyev zapustili novuyu shkolu i ozdorovitelniy kompleks - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2021
Samarqand va Xatlonda muhim ijtimoiy obyektlar ochildi
"Bizning asosiy maqsadimiz – Markaziy Osiyoni farovon va barqaror rivojlanayotgan, ishonch va do‘stlik makoniga aylantirishdir. Buning uchun biz qo‘shni va yondosh mintaqalar bilan o‘zaro aloqalarni kuchaytirishga ustuvor ahamiyat qaratmoqdamiz", - dedi O‘zbekiston yetakchisi.

Afg‘oniston - MOning uzviy qismi

O‘zbekiston Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash to‘g‘risidagi BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusini ilgari surgani haqida ma’lum qilindi. Shu munosabat bilan Afg‘oniston Markaziy Osiyoning uzviy qismi ekani yana bir bor ta’kidlandi.
"Bu davlatda tinchlik va osoyishtalik o‘rnatilishidan nafaqat biz, qo‘shni mamlakatlar, balki butun dunyo manfaatdordir. Hozirgi qiyin davrda Afg‘onistonni yakkalab, uni muammolar girdobiga tashlab qo‘yish mumkin emas. Afg‘on masalasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’siri va ovozi har qachongidan ham kuchliroq yangrashi lozim", - deb ta’kidladi Mirziyoyev.
O‘zbekiston yetakchisi dunyoda xavf-xatar va ziddiyatlar, transmilliy tahdidlar tobora ortib borayotganiga e’tibor qaratdi. Shu yil noyabr oyida Toshkentda BMTning Global aksilterror strategiyasi Markaziy Osiyo uchun rejasining o‘n yillik natijalari va istiqbollariga bag‘ishlangan Xalqaro konferensiya o‘tkazilishi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Ekologiya va Orol muammosi

Davlat rahbari O‘zbekiston tomonidan iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash, atrof-muhit va bio xilma-xillikni muhofaza qilish, tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish masalalarida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga alohida to‘xtaldi.
"Bu nafaqat bugungi, balki kelajak avlodlar oldidagi ezgu insoniy burchimizdir", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu yil may oyida BMT Bosh Assambleyasining Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi, deb e’lon qilish to‘g‘risidagi maxsus rezolyutsiyasi qabul qilingani O‘zbekistonning bu boradagi sa’y-harakatlari samara berayotganini tasdiqlaydi.
Ekologiya borasidagi choralarning mantiqiy davomi sifatida 2022-yili Orolbo‘yi hududida, Nukus shahrida "yashil" energetika bo‘yicha BMT bilan hamkorlikda yuqori darajadagi xalqaro forum o‘tkazish tashabbusi ilgari surildi.
Press-tur v Muynak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2021
Mo‘ynoqni bir vaqtlar tashlab ketganlar bugun afsusda - Orolbo‘yi hududidan reportaj
Shu bilan bir qatorda BMT shafeligida global ekologik siyosatning ustuvor yo‘nalishlarini batafsil muhokama qilish maqsadida 2023-yilda O‘zbekistonda Atrof-muhit bo‘yicha BMTning yuqori darajadagi Oltinchi Assambleyasini o‘tkazish taklif etildi.
"Assambleya ishtirokchilari Orol dengizining qurishi natijasida yuzaga kelgan, ekologik ofat markazi bo‘lgan, Orolbo‘yi mintaqasidagi og‘ir vaziyat bilan bevosita tanishish va zarur xulosalar chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, atrof-muhit bo‘yicha Assambleyada Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi ekologik siyosati asoslarini tashkil etishga qaratilgan Butunjahon ekologiya Xartiyasini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surmoqchimiz", - dedi O‘zbekiston yetakchisi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘zining yakunida O‘zbekiston dunyoning barcha davlatlari va global tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli, uzoq muddatli va ko‘pqirrali sheriklikni rivojlantirishga doimo tayyor ekanini ta’kidladi. Mamlakat xavfsiz hamda barqaror o‘sish, farovon kelajakni barpo etishga qaratilgan yaqin hamkorlikni bundan keyin ham kuchaytirib boraverishi qayd etildi.
Yangiliklar lentasi
0