Siyosat

Oʻzbekistonning SHHTda raisligi yuqori darajada boʻlib oʻtadi - Kamilov

© MID UzbekistanaKamilov provyol soveщaniye v MITSA posvyaщennoye SHOS
Kamilov provyol soveщaniye v MITSA posvyaщennoye SHOS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2021
2022 yilda SHHT doirasida Oʻzbekiston raisligida 80dan ortiq tadbirlar boʻlib oʻtishi rejalashtirilmoqda.
TOSHKENT, 22 sen - Sputnik. Oʻzbekistonning SHHTda raisligi yuqori darajada boʻlib oʻtadi, dedi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 22 sentyabr kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida boʻlib oʻtgan yigʻilishda.
– Oʻzbekiston xalqaro tadbirlarni tashkillashtirishda katta tajribaga yega. Shu bois mamlakatimizning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasidagi barcha tadbirlar yuksak saviyada oʻtkazilishiga shubha yoʻq, - dedi vazir.
Eslatib oʻtamiz, 17 sentyabr kuni Dushanbede boʻlib oʻtgan SHHT sammitida, SHHTda raislik navbati rotatsiya tartibida Oʻzbekistonga oʻtgan edi.
Shundan soʻng, Oʻzbekiston prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov 2022 yilda SHHT doirasida Oʻzbekiston raisligida 80dan ortiq tadbirlar boʻlib oʻtishini xabar qilgan edi. Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston SHHTda 2004, 2010 va 2016 yillarda raislik qilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala