O‘zbekistonning ShHTda raisligi yuqori darajada bo‘lib o‘tadi - Kamilov

© MID UzbekistanaKamilov provol soveshanie v MITSA posvashennoe ShOS
Kamilov provol soveshanie v MITSA posvashennoe ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2021
Obuna bo‘lish
2022 yilda ShHT doirasida O‘zbekiston raisligida 80dan ortiq tadbirlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 22 sen - Sputnik. O‘zbekistonning ShHTda raisligi yuqori darajada bo‘lib o‘tadi, dedi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 22-sentabr kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda.
– O‘zbekiston xalqaro tadbirlarni tashkillashtirishda katta tajribaga yega. Shu bois mamlakatimizning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasidagi barcha tadbirlar yuksak saviyada o‘tkazilishiga shubha yo‘q, - dedi vazir.
Eslatib o‘tamiz, 17-sentabr kuni Dushanbede bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida, ShHTda raislik navbati rotatsiya tartibida O‘zbekistonga o‘tgan edi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov 2022-yilda ShHT doirasida O‘zbekiston raisligida 80dan ortiq tadbirlar bo‘lib o‘tishini xabar qilgan edi. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston ShHTda 2004, 2010 va 2016-yillarda raislik qilgan.
Yangiliklar lentasi
0