Rossiya

Rossiyada migrantlarga ish topishda yordam beradigan mobil ilova ishga tushiriladi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishSmartfon
Smartfon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2021
Yangi imkoniyatlar chet el fuqarolariga Rossiya hududida boʻlish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda, shuningdek, mutaxassisliklari boʻyicha ish topishda qoʻl kelishi taʼkidlanmoqda.
TOSHKENT, 22 sen — Sputnik. 2022 yilda mehnat muhojirlariga ish topishda yordam beradigan mobil ilova ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda RF hukumat rahbarining oʻrinbosari Aleksey Overchuk xabar bergan, deb yozadi Sputnik Tojikiston nashri.
Yangi imkoniyatlar chet el fuqarolariga Rossiya hududida boʻlish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda, shuningdek, mutaxassisliklari boʻyicha ish topishda qoʻl kelishi taʼkidlanmoqda.
"Endilikda chet elliklar bitta mobil ilova yordamida Rossiyaga kirib kelish va ish topishlari mumkin, barcha bosib oʻtiladigan bosqichlar bunda oʻz aksini topgan va ilova juda qulay yaratilgan. Chet el fuqarolari uning yordamida hujjatlarni rasmiylashtirishlari va ish izlashlari mumkin", - deya taʼkidladi Rossiya bosh vazirining oʻrinbosari.
Vыdacha pervыx patentov v Yedinom migratsionnom tsentre Moskovskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2021
Migratsiya
Patent, RVP va VNJ: muhim oʻzgarishlar kutilmoqda
Overchukning aytishicha, mobil ilovani ishga tushirish ishlari kelasi yilga rejalashtirilgan.
Ushbu ilova yordamida, migrant, Rossiyaga kirib kelishiga cheklovlar bor-yoʻqligini aniqlashi mumkin - buning uchun u shunchaki pasportni skaner qilishi kerak boʻladi. Mutasaddi organlar hujjatlarni tekshirib, barcha zarur maʼlumotlarni taqdim etadilar.
Agar pasport sohibiga Rossiyaga kirib kelishiga cheklovlar boʻlmagan taqdirda, foydalanuvchiga boshqa xizmatlar taklif etiladi.
Overchukning aytishicha, Rossiyada 3,8 millionga yaqin migrantlar patent, yoki YEOII fuqarolari sifatida mehnat shartnomalari asosida ishlashadi, va yana 290 ming nafar yoshlar talabalik maqomiga ega.
Ilgariroq, Moskvada mehnat migrantlari uchun patentlarning yangi shakllari joriy etilayotgani haqida xabar qilingan edi, endilikda hujjatni migrantlar elektron tarzda olishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala