Rossiya

Rossiyada nishonga olish va otishga yordam beradigan aqlli avtomat yaratilmoqda

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishDevushka derjit avtomat Kalashnikova AK-103
Devushka derjit avtomat Kalashnikova AK-103 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2021
"Kalashnikov" kontserni yangi avtomat ishlab chiqarish ustida ish olib bormoqda.
TOSHKENT, 22 sen — Sputnik. Rossiya yangi qurol ishlab chiqarish ustida ish olib borilmoqda, unda neyron tarmoqlardan (neyroset) foydalaniladi.
Bu haqda "Kalashnikov" kontserni AJ bosh konstruktori Sergey Urjumtsev RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida maʼlum qildi.
"Bizda allaqachon tizimning alohida elementlari yaratilgan. Biz ularni birinchi marta yaqinda Kubinkada “Armiya-2021" xalqaro harbiy-texnik forumining yopiq namoyishi doirasida RF Mudofaa vaziriga namoyish qildik", - dedi u.
Voyennыe Uzbekistana - Gurumsaray poligon - ucheniya. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2020
Kolumnistlar
Kalashnikov avtomati qaysi davlatlarda ishlab chiqariladi
Bu sunʼiy intellekt elementlariga ega komplekslar, ular hozirda identifikatsiya, nishonga olish va uni kuzatish jarayonlarini deyarli toʻliq avtomatlashtirishga, shuningdek, oʻq otishni amalga oshirishga imkon beradi, dedi agentlik suhbatdoshi.
Kompaniya ishlab chiqarishni seriyali namunalar darajasiga yetkazish uchun ilmiy -tadqiqot bazasini ochishni Mudofaa vazirligiga taklif qildi.
Konstruktorning soʻzlariga koʻra, yangi avtomat nishonga tegish va tezligini oshirishni taʼminlashi zarur. Buning uchun turli xil optik va elektron qurilmalarni yagona qurol tizimiga birlashtirish kerak boʻladi. U nafaqat nishonga olish hamda oʻzi otish uchun maqbul vaqtni ham tanlaydi.
“Inson jismonan tunda yoki yomon ob-havo sharoitida baʼzi nishonlarni koʻra olmaydi, neyron tarmoqlar esa buni hal qilish uchun moʻljallangan”, - deb xulosa qildi u.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala