So‘nggi 4-yilda ipoteka kreditlari miqdori 4,2 baravar oshdi - MB

© UzA / Abu Bakir Urozov, Sarvar UrmonovNovie doma v Sergeliyskom rayone
Novie doma v Sergeliyskom rayone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda bugun kimlar ipoteka krediti olmoqda? Mijozlarning o‘rtacha yoshi, jinsi va qaysi hududdan uy sotibi olayotgani haqida MB tahlili.
TOShKENT, 22 sen – Sputnik. Markaziy bank xabar berishiga ko‘ra so‘nggi 4-yil davomida aholiga ajartilgan ipoteka kreditlari miqdori 4 baravar oshgan.

Xususan, 2017-yilda aholiga berilgan ipoteka kreditlari qoldiqlari miqdori 7,6 trln. So‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2021-yilning 1-sentabr holatiga ushbu ko‘rsatgich 32,1 trln. So‘mni tashkil qildi, deyilgan bank ma’lumotida.

Ushbu kreditlar tarkibida tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar ham salmoqli ulushga ega. Xususan, 2017-yilda tijorat banklari jami 4,0 trln. So‘m ipoteka ajratgan bo‘lsa. 2020-yilda ushbu kreditlar miqdori 9,1 trln. So‘mni tashkil qilgan.
2021 yilda hududlar kesimida eng katta miqdorda ipoteka kreditlari olgan hudud – Toshkent shahri bo‘lgan. Joriy yilning 8 oyida poytaxtda jami 1,3 trln. so‘mlik ipoteka krediti ajratilgan. Ikkinchi o‘rinda - Xorazm viloyati (484 mlrd.so‘m), uchinchi o‘rinda - Samarqand viloyati (476 mlrd. so‘m) va to‘rtinchi o‘rinda Andijon viloyati (436 mlrd. so‘m) ipoteka kreditlari ajratilgan.
Ipoteka olgan mijozlarning aksariyati 31-50 yoshli (68%), erkaklar (58%) bo‘lgan va ular yangi qurilgan (84%) uy-joylarni xarid qilshgan. Yoshi 30dan past bo‘lgan mijozlar soni 26%ni va kredit olganlar orasida ayollar ulushi 42%ni tashkil qilgan.
Yangiliklar lentasi
0