Hodisalar

Toshkent metrosida 13 yoshli qizga tegajogʻlik qilgan erkak qidirilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovUkazateli stantsiy sergeliyskoy linii Tashkentskogo metropolitena
Ukazateli stantsiy sergeliyskoy linii Tashkentskogo metropolitena - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2021
Voqea 18 sentyabr kuni Toshkent metropolitenining “Olmazor” bekatida roʻy bergan.
TOSHKENT, 22 sen – Sputnik. Toshkentda metro vagonida 13 yoshli qizga nisbatan behayo harakatlar qilishda gumon qilinayotgan erkak qidirilmoqda. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi xabar qildi.
Voqea 18 sentyabr kunining taxminan soat 17:00larda Toshkent metropolitenining "Olmazor" bekatida roʻy bergan. Voya yetmagan qiz erkakning nomaqbul harakatlarini videoga olgan. Video internetda tarqatilgan.
Taʼkidlanishicha, hozirda videokuzatuv moslamalari orqali nomaʼlum erkak kishining harakat yoʻnalishini oʻrganish va shaxsini aniqlash ishlari amalga oshirilmoqda.
“Agar siz ushbu suratdagi erkak kishi haqida maʼlumotga ega boʻlsangiz darhol 102 raqamiga yoki yaqin boʻlgan ichki ishlar organiga xabar berishingizni soʻraymiz”, - deya iltimos qilgan boshqarma.
© Press-slujba MVD UzbekistanaV Tashkente razыskivayetsya mujchina, podozrevayemыy v sovershenii nepristoynыx deystviy v vagone metro v otnoshenii 13-letney devochki
V Tashkente razыskivayetsya mujchina, podozrevayemыy v sovershenii nepristoynыx deystviy v vagone metro v otnoshenii 13-letney devochki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2021
V Tashkente razыskivayetsya mujchina, podozrevayemыy v sovershenii nepristoynыx deystviy v vagone metro v otnoshenii 13-letney devochki
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala