Hodisalar

Toshkentda samolyot yoʻlovchi oʻlimi tufayli majburiy qoʻnishni amalga oshirdi

Samolet - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2021
British airways samolyoti yoʻlovchi oʻlimi tufayli Toshkentda majburiy qoʻnishni amalga oshirdi
TOSHKENT, 22 sen - Sputnik. Islomoboddan Londonga qarab parvoz qilayotgan British airways samolyoti Toshkent aeroportida majburiy qoʻnishni amalga oshirdi, deb xabar qildi RIA Novosti Oʻzbekiston aeroporti matbuot-xizmatiga tayangan holda.
British airways aviakompaniyasining "Boeing-777" samolyoti yoʻlovchi ayol oʻlimi tufayli Toshkentda majburiy qoʻnishni amalga oshirdi. Samolyot Islomoboddan Londonga qarab parvoz qilayotgan edi", - deb aytgan aeroport xodimi.
Aeroport xodimining soʻzlariga koʻra, ayol oʻlimining dastlabki sababi - yurak urishining toʻxtashi. Ayolning qaysi davlat fuqarosi ekanligi haqidagi savolga aeroport xodimi javob bera olmagan. Ayni vaqtda reys yoʻlovchilari Toshkent aeroporti terminallaridan birida ekanligi aytilmoqda. Ular samolyot parvozni davom ettirishini kutishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala