Toshkentda samolyot yo‘lovchi o‘limi tufayli majburiy qo‘nishni amalga oshirdi

Obuna bo‘lish
British airways samolyoti yo‘lovchi o‘limi tufayli Toshkentda majburiy qo‘nishni amalga oshirdi
TOShKENT, 22 sen - Sputnik. Islomoboddan Londonga qarab parvoz qilayotgan British airways samolyoti Toshkent aeroportida majburiy qo‘nishni amalga oshirdi, deb xabar qildi RIA Novosti O‘zbekiston aeroporti matbuot-xizmatiga tayangan holda.
British airways aviakompaniyasining "Boeing-777" samolyoti yo‘lovchi ayol o‘limi tufayli Toshkentda majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Samolyot Islomoboddan Londonga qarab parvoz qilayotgan edi", - deb aytgan aeroport xodimi.
Aeroport xodimining so‘zlariga ko‘ra, ayol o‘limining dastlabki sababi - yurak urishining to‘xtashi. Ayolning qaysi davlat fuqarosi ekanligi haqidagi savolga aeroport xodimi javob bera olmagan. Ayni vaqtda reys yo‘lovchilari Toshkent aeroporti terminallaridan birida ekanligi aytilmoqda. Ular samolyot parvozni davom ettirishini kutishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0