Dunyoda

Turkmanboshi Gurbanguli Berdimuhamedov komaga tushgan emas - diplomatlar

© AFP / Igor SasinPrezident Turkmenistana Gurbangulы Berdыmuxamedov na axaltekinskom jerebtse prinimayet uchastiye v prazdnovanii Dnya loshadi v Ashxabade
Prezident Turkmenistana Gurbangulы Berdыmuxamedov na axaltekinskom jerebtse prinimayet uchastiye v prazdnovanii Dnya loshadi v Ashxabade - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2021
Taʼkidlanishicha, Turkmaniston prezidenti kuni kecha hukumat rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan majlisni oʻtkazgan, yigʻilish davomida hujjatlar loyihalari koʻrib chiqilgan, deb maʼlum qilishgan Moskvadagi Turkmaniston elchixonasi diplomatlari.
TOSHKENT, 22 sen — Sputnik. Sal avval Turkmaniston muxolifat blogerlari tomonidan tarqatilgan Turkmaniston yetakchisi Gurbanguli Berdimuhammedovning sogʻligʻi yomonlashgani, jumladan u komadaligi haqidagi xabarlar haqiqatga mos kelmaydi. Bu haqda Moskvadagi Turkmaniston elchixonasiga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda.
"Qator OAVlarda tarqatgan Turkmaniston prezidentining goʻyoki sogʻligʻi yomonlashgani haqidagi xabarlar, … mutlaqo yolgʻon va haqiqatga mos kelmaydi", - deb aytishgan Turkmaniston elchixonasi diplomatlari.
Gurbanguli Berdimuhamedov bir kun oldin hukumat rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan majlisni oʻtkazgan va unda hujjatlar loyihalari koʻrib chiqilgan, deya taʼkidlanadi elchixona matbuot-xizmati xabarida.
Diplomatik idoraning aniqlik kiritishicha, "Turkmaniston prezidenti ishtirokidagi eng soʻnggi tadbirlarni turkmenistan.gov.tm saytiga kirib tomosha qilish mumkin".
Dushanba, 21 sentyabr kuni davlat rahbari hukumatning kengaytirilgan yigʻilishini oʻtkazgan. Tadbir doirasida Berdimuhamedov qator hujjatlarni imzolagan. Bundan tashqari, mamlakat mustaqilligining 30 yilligi sharafiga (bayram 27 sentyabrda nishonlanadi) u 258 nafar turkmanistonlik va olti nafar chet ellik fuqarolarni afv etgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala