Jamiyat

Xorazmni Qoraqalpogʻiston bilan bogʻlaydigan koʻprik loyihasiga qancha mablagʻ ajratilgan

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya so stroitelstvom mosta cherez Amudaryu.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya so stroitelstvom mosta cherez Amudaryu. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2021
Amudaryoda qurilayotgan koʻprik Loyihaning qiymati 174 million dollar. 80 kilometrlik temir yoʻl va 413 metr uzunlikdagi koʻprik barpo etiladi.
TOSHKENT, 22 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistondan Xorazm viloyatiga ketayotib, dastlab Amudaryoda qurilayotgan koʻprikni koʻzdan kechirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mirziyoyev ushbu koʻprik loyihasi bilan oʻtgan yili dekabrda Xorazmga tashrifi chogʻida tanishgan, koʻp oʻtmay uning qurilishi boshlangan edi. Bugungi kunda qirgʻoqlar temir-beton bilan mustahkamlanib, koʻprikning tayanch ustunlari qurilmoqda.
“Loyihaning qiymati 174 million dollar boʻlib, uning evaziga 80 kilometrlik temir yoʻl va Amudaryo ustida 413 metr uzunlikdagi koʻprik barpo etiladi”, - deyilgan xabarda.
Prezident qurilish ishlarining borishini koʻzdan kechirdi.
“Bu odamlar uzoq yillar kutgan loyiha. Endi yanada koʻp yillar xalqimizga xizmat qilishi kerak. Shuning uchun birinchi oʻrinda sifat. Ajratilgan mablagʻ kichkina emas. Tajribali mutaxassislarni jalb etib, har bir jihatni oʻylab, elimga, yurtimga deb qurish kerak”, - dedi Mirziyoyev.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya so stroitelstvom mosta cherez Amudaryu.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya so stroitelstvom mosta cherez Amudaryu. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2021
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya so stroitelstvom mosta cherez Amudaryu.
Maʼlum qilinishicha, koʻprik qurilgandan keyin Xorazm viloyati bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻrtasidagi temir yoʻl masofasi 240 kilometrga, vaqti esa 6 soatga qisqaradi. Mahalliy yuk tashish hajmi yiliga 12 million tonnadan 25 million tonnaga oshadi. Shuningdek, xalqaro tranzitlar uchun ham qulaylik kengayadi. Avtomobillar harakati yaxshilanib, aholining uzogʻi yaqin boʻladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya so stroitelstvom mosta cherez Amudaryu.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya so stroitelstvom mosta cherez Amudaryu. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2021
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya so stroitelstvom mosta cherez Amudaryu.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala